Hamkorlik taklifi

// 01.02.2021 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (88.68 KB)

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati barcha yuridik va jismoniy shaxslar, chet el investorlarini Navoiy shahri, Navoiy ko'chasi 5-uyda joylashgan, kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatining hozirda bo'shayotgan 23,5 gektar maydoniga to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar jalb qilish uchun hamkorlikka taklif etadi.

Ushbu yer maydoni tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun barcha qulayliklarga ega bo'lib, gaz, elektr, suv ta'minotiga ega, kanalizatsiya va kommunikatsiya tarmoqlari mavjud bo'lgan hudud hisoblanadi.

Mazkur xududda tadbirkorlar “Navoiyazot” AJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlaridan foydalangan holda boshqa turdagi kimyoviy mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo'lga qo'yishlari tavsiya etiladi.

Bugungi kunda “Navoiyazot” AJda polivinilxlorid, ammiak, karbamid, azot kislotasi, ammiakli selitra, metanol, poliakrilamid, tiomochevina, atseton, xlor, atsetaldegid, sirka kislotasi, sianid kislotasi, sianli tuzlar, xlorid kislotasi, ammoniy sulfati, superfosfat, turli mineral o'g'itlar va boshqa kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Shuningdek, Siz taklif qilgan boshqa biznes g'oyalar ham korxona tomonidan qo'llab-quvvatlanishini ma'lum qilamiz.

Ushbu kulay imkoniyatdan unumli foydalanish istagida bo'lganlar quyidagi manzillarga murojaat etishlari mumkin.

E-mail: office@navoiyazot.uz

Telefon: (+99879) 229-18-22, (+99879) 229-22-00, (+99878) 140-74-58

Faks: (+99879) 223-75-80