“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJning 2023-yil 19-iyul sanasidagi 75-son buyrug‘iga asosan Amirkulov Obidjon Safarovich “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ direktorining ishlab chiqarish bo‘yicha o‘rinbosari, Bosh muhandis lavozimiga tayinlandi. O.Amirkulov tayinlovga qadar “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ Bosh muhandisining ishlab chiqarish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Joriy yilning 18-fevral kuni “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparkida “Kmita Polymers” korxonasi ishlab chiqarish majmuasining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Kimyo sanoati Oʻzbekiston iqtisodiyotining bazaviy tarmoqlar sirasiga kiradi va qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishni jadallashtirish ehtiyojlaridan kelib chiqib mineral oʻgʻitlar chiqaruvchi korxonalarni qurish orqali tashkil topgan. Respublikaning zamonaviy kimyo sanoati tarixi Shorsuv oltin gugurt koni 1932-yilda ishga tushirilishi bilan boshlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Energetika vaziri J.Mirzamahmudov va Xitoy Xalq Respublikasining kimyo-muhandislik milliy korporatsiyasi prezidenti Ven Gan boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
“Oʻzkimyosanoat” AJ va tarmoq korxonalarda korrupsion omillarga chek qoʻyishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Natijada korrupsiyaning oqibatlari bilan emas, balki uning sabablari bilan kurashish, barvaqt oldini olish va unga chek qoʻyish maqsadida tegishli tadbirlar belgilab olindi.
Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida, xususan, kimyo sanoatida innovatsiya va resurslarni maqbullashtirishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Bu jarayonda yuqori talabga ega va istiqbolli texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish borasida amaliy harakatlar izchil davom ettirilmoqda.
Joriy yilning birinchi yarmida mamlakatimizda iqtisodiy rivojlanishga qaratilgan muhim loyihalar amalga oshirildi. Jumladan, “Oʻzkimyosanoat” AJ tarmoq koxonlarida yanvar-iyun oylarida jami 282,4 million dollar investitsiyalar oʻzlashtirildi va reja 100,5 foizga bajarildi.
“Ammofos-Maxam” AJ hududida zamonaviy sulfat kislotasi ishlab chiqarish zavodi ishga tushish arafasida. “Almalyk Sulphuric Acid” MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan ushbu loyiha O‘zbekiston kimyo sanoatining rivojlanishiga xizmat qiladi.
“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatining Polivinilxlorid, kaustik soda va metanol ishlab chiqarish majmuasi uchastka boshligʻi Safarov Sunnatillo Suyunovich “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlandi.