Joriy yilning birinchi yarmida mamlakatimizda iqtisodiy rivojlanishga qaratilgan muhim loyihalar amalga oshirildi. Jumladan, “Oʻzkimyosanoat” AJ tarmoq koxonlarida yanvar-iyun oylarida jami 282,4 million dollar investitsiyalar oʻzlashtirildi va reja 100,5 foizga bajarildi.
Ayni damda, Toshkent va Navoiy viloyatlarida 5 ta yirik investitsiya loyihalari ishga tushirildi. Umumiy qiymati 134 million dollarni tashkil etgan ushbu loyihalar nafaqat sanoat salohiyatini oshirdi, balki 220 ta yangi ish oʻrnini yaratish imkonini berdi.
Ushbu loyihalar sanoatni modernizatsiya qilish, mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish va aholi uchun yangi ish oʻrinlari yaratish kabi dolzarb vazifalarni amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga yangi investitsiyalar va faol loyihalar mamlakatimizda sanoat salohiyatini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
"O'zkimyosanoat" AJ Matbuot xizmati