“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida 2019 yil 10 dekabr kuni “Air Products” (AQSh) vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuv davomida “Navoiyazot” AJ bazasida “Karbonat angidrid (SO2) ishlab chiqarish” investitsion loyihasi doirasida qo'shma korxona tuzish muhokama qilindi. Loyiha doirasida shuningdek, loyihaning texnik, moliyaviy, iqtisodiy tomonlari (detallari) ham muhokama qilindi.
“Navoiyazot” AJda kaliy xlorati (Bertolet tuzi) ishlab chiqarish uchun sanoat-tajriba uskuna yaratildi. Bu modda gugurt ishlab chiqarishda, lak-bo'yoq, farmatsevtika, yog'och va kimyo sanoatida ishlatiladi. Mahsulotning tajriba partiyasi ishlab chiqarilib, «ATLAST INVEST» hamda «Nurafshon yulduz yog'dusi» MChJlarga sinovdan muvaffaqiyatli o'tkazildi. Shu kunlarda korxona oyiga 40 tonna mahsulot ishlab chiqarish bo'yicha buyurtma oldi.
“Navoiyazot” AJda suvni zararsizlantirish uchun xlor tabletkalar ishlab chiqarish texnologiyasi yaratildi va ularni ishlab chiqarish uchun sanoat - tajriba qurilmasi yasaldi. Mahsulotning sinov partiyasi ishlab chiqarildi va hozirda tegishli normativ hujjatlar va tavsiyanomalar tayyorlash ustida ish olib borilmoqda. Xlor tabletkalaridan ichish va texnik suvni zararasizlantirish, suzish havzalarni,sanitar-taxnik uskunalarni tozalash uchun foydalanish mumkin.
“O'zkimesanoat” aksiyadorlik jamiyatida “ARMENT CONSTRUCTION CHEMICALS” kompaniyasi vakillari va “O'zkimyosanoat” AJ boshqaruv raisining o'rinbosari Sh.Nabiev boshchiligidagi vakillar o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Loyiha maqsadi: Dexqonobod kaliy o'g'itlari zavodi ishlab chiqarish miqdorini yiliga 200 mingdan 600 ming tonnaga kengaytirish. Loyihadan kutilayotgan asosiy natijalar: yillik ishlab chiqarish kuchi: 400 ming tonna; sotuv mahsuloti hajmi: 128,9 mln.
Jahon kimyo sanoati xabarlari: 2025-yilda dunyoda etilen ishlab chiqarish quvvati 74,2 million tonnaga yetishi mumkin.
Joriy yilning 25-26-sentabr sanasida “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda “Eng yaxshi yosh konchi” hamda “Eng yaxshi yosh ishlab chiqarish xodimi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi
Rossiya va Oʻzbekiston mintaqalararo kengashi yigʻilishi doirasida bir nechta investitsion loyihalar ishga tushirilishiga start berildi.
Joriy yilning 13-noyabr kuni Chirchiq kimyo industrial texnoparkida BCG kompaniyasi mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.