“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida 2019 yil 10 dekabr kuni “Air Products” (AQSh) vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuv davomida “Navoiyazot” AJ bazasida “Karbonat angidrid (SO2) ishlab chiqarish” investitsion loyihasi doirasida qo'shma korxona tuzish muhokama qilindi. Loyiha doirasida shuningdek, loyihaning texnik, moliyaviy, iqtisodiy tomonlari (detallari) ham muhokama qilindi.
Mazkur loyihani amalga oshirish natijasida yangi, energiya samaradorligi yuqori bo'lgan yuqori sifatli, karbonat angidrid mahsulotini ishlab chiqaruvchi korxona vujudga keladi. Mahsulotning asosiy qismi respublikada mahsulotga bo'lgan ichki ehtiyojni to'la qoplanishiga erishiladi va eksportga yo'naltiriladi. Asosiysi 50 dan ortiq yangi ish o'rinlari yaratiladi. Loyiha 2020-2021 yillarda amalga oshiriladi va quvvati yiliga 120 ming tn.ni tashkil etadi.
Loyihaning tahminiy qiymati 15,4 mln. AQSh dollari. Kerakli maydon
– 20 x 30 m = 600 m2 , balandligi- 14 m., hajmi – 8400 m3. Agregatning energiya is'temoli quvvati – 3,6 MVt. IRR – 11%.
“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati