Ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasi

// 04.07.2025 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (551.89 KB)

“O‘zkimyosanoat” AJ ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishni integratsiya qilish orqali sifat va samaradorlikni oshirish borasida qator oliy ta’lim dargohlari va ilmiy tadqiqot muassasalari bilan faol hamkorlik olib bormoqda. 

Bu o‘z navbatida Jamiyat tarmoq korxonalarida ish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan masalalarning konstruktiv va amaliy jihatdan hal etilishida, yangi loyihalarni hayotga tadbiq qilinishida muhim omil bo‘lmoqda.

Xususan, Jamiyatning Innovatsiya va yangi texnologiyalarni joriy etish bo‘limi Toshkent kimyo-texnologiya instituti Noorganik moddalar fakulteti bilan hamkorlikda asetilen ishlab chiqarishda ishlatilgan sulfat kislotasini qayta tiklash va organik chiqindilardan tozalash loyihasi ustida ish olib bormoqda. Bu kabi amaliy ishlar ta’lim dargohining ilmiy salohiyatidan foydalanish, yirik ishlab chiqarish korxonalari bilan sanoat hamkorligini mustahkamlash barobarida ishlab chiqarishda texnologik jarayonlarni takomillashtirish, yangi texnologiyalarning integratsiya qilinishini ta’minlaydi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati
 


So'nggi yangilash sanasi: 04.07.2025