Hisobotda Jamiyatning atrof-muhit, ijtimoiy va korporativ boshqaruvga (ESG) bogʻliq yondashuvlari taqdim etilgan. Ushbu hisobot Global Reporting Initiative (GRI) xalqaro standartlari asosida tayyorlangan boʻlib, kompaniyaning barqaror rivojlanish, korporativ boshqaruv, atrof-muhit va ijtimoiy koʻrsatkichlari boʻyicha natijalarni oʻz ichiga oladi hamda kompaniyaning oshkoralik va javobgarlikka boʻlgan intilishini aks ettiradi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tgan hafta Toshkent viloyatiga tashrifi doirasida "Chirchiq” kimyo-industrial texnoparkida ham bo‘ldi. Texnoparkning umumiy maydoni 35,1 gektar bo‘lib, birinchi bosqichda 14 ta korxona faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Uchta maydonga bo‘lingan mazkur texnoparkda qurilish-montaj ishlari bosqichma-bosqich obyektlar kesimida tashkil etilgan.
Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida “Toshkent kislorod zavodi” UK negizida zamonaviy tibbiyot kislorodi ishlab chiqarishni tashkil etish investitsiya loyihasi asosida mahalliy investor tomonidan koronavirus pandemiyasi sharoitida respublika shifoxonalarini tibbiyot kislorodiga bo'lgan talabini qondirish maqsadida “OXYGEN TASHKENT” MChJ tashkil etildi.
2021 yil yanvar-mart oylari davomida “O'zkimyosanoat” AJ ijro apparatiga tushgan jami murojaatlar soni 172 tani tashkil etib, 38 tasi yuridik shaxslardan, 134 tasi jismoniy shaxslardan kelib tushgan. Jami murojaatlarning 25 tasi qanoatlantirilgan, 139 tasi bo'yicha tushuntirish berilgan, qolgan 8 tasi ko'rib chiqilmoqda.
“O'zkimyosanoat” AJ matbuot xizmati Ekologiya va atrof muhitni himoya qilish Davlat qo'mitasi veb-saytida “O'zkimyosanoat” AJ tarkibiga kiruvchi korxonalarda atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat ekologik nazorati amalga oshirildi” sarlavhali axborotga munosabat bildirdi.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo'yicha maslahatchisi lavozimiga Abduraxmonova Sanobar Maxammadaminovna tayinlandi.
Joriy yilning 1-dekabr kuni “Ammofos-Maxam” AJda “O'zkimyosanoat” AJ tizimida ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash, xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, matbuot xizmatlari va kasaba uyushmasi faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo'yicha sayyor seminar-trening o‘tkazildi. Shuningdek, seminarda korxona-tashkilot rahbarlarining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchilari faoliyati va amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.
“O‘zkimyosanoat” AJning “Ekologiya va “yashil” iqtisodiyot boʻlimi mas'ullari joriy yilning 12-15-may kunlari “Navoiyazot” AJda boʻlishdi.
“Oʻzkimyosanoat” AJning Korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi mutaxassislari tomonidan xodimlar uchun “Manfaatlar toʻqnashuvining salbiy oqibatlari va unga qarshi samarali kurashish chora-tadbirlari” mavzusida seminar mashgʻuloti oʻtkazildi.