Axborot tizimini ishlab chiqish, amalga oshirish, takomillashtirish va kafolatli qoʻllab-quvvatlash. Axborot tizimi texnik shartlarning talablariga javob berishi kerak. “Farg’onaazot” AJning barcha korxonalarida tayyor mahsulotlarni markirovkalash, mahsulotlarni joʻnatish va tayyor mahsulotlar harakati, omborlar, tayyor mahsulotlarni savdosi, korporativ hisoboti va maʻlumotlarni umumlashtirishni boshqarish uchun modullarining apparat va dasturiy qismlarini joriy etish zarur.
“Oʻzkimyosanoat” AJda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan “Olamni mahliyo aylagan diyor!” shiori ostida “Davlat gerbi – iftixor ramzi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-oktabrdagi PQ-388-son qaroriga asosan “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJning 100% ulushi katta toʻrtlikka kiruvchi (The Big Four) “Deloitte” kompaniyasi tomonidan oʻrganib chiqildi va barcha kredit majburiyatlari hamda mavjud qarzdorliklar inobatga olingan holda “Deloitte” kompaniyasi tomonidan zavod qiymati 843 mlrd soʻmga (ekv. 75,0 mln AQSh dollari) baholandi.
SAP Universitet Ittifoqi va “O‘zkimyosanoat” AJ o’rtasida tarmoq oliy o’quv yurtlari o’qituvchi va talabalari uchun keng ko‘lamli o‘quv dasturiga start berilganini e’lon qilamiz. Tashabbusdan koʻzlangan maqsad “Oʻzkimyosanoat” AJning raqamlashtirish loyihalarida ishtirok etish uchun malakali kadrlarni tayyorlashdan iborat.
“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi munosabati bilan “Vatanni himoya qilish – fuqarolik burchimiz” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda tashkilot tizimidagi tarmoq korxonalari rahbar-xodimlari videokonferens aloqa orqali ishtirok etdi.
Hurmatli jamiyatimiz ishchi-xodimlari siz kitob o’qishga qiziqasizmi, mutolaa san’ati sizni befarq qoldirmaydimi?
Joriy yilning 1 fevral kuni “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 10029 tonna 21071,4 mln. so'mlik mineral o'g'itlar sotildi.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati mamlakatimiz miqyosida o'tkazilayotgan “Obod va ko'rkam mahallam” obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etmoqda. Jamiyat tarkibidagi barcha korxona-tashkilot xodimlar va tizimda faoliyat yuritayotgan yoshlar nafaqat korxona hududi balki korxonaga tutash hududlar obodligiga o'z xissalarini qo'shishmoqda.
Loyiha doirasida “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi tarmoq korxona va tashkilotlar tomonidan daraxt va manzarali ko'chatlar ekish belgilangan. Ko'chat ekish tadbirlaridan biri joriy yilning 1 mart kuni Toshkent viloyatning Angren shahrida joylashgan “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJda o'tkazildi.
В целях создания современного, оригинального легко узнаваемого, привлекательного логотипа, который будет использоваться как основной идентификатор во всей информационной, маркетинговой и иной уставной деятельности АО «Узкимёсаноат» объявляет конкурс на лучший логотип и слоган общества.