“OʻZKIMYOSANOAT” AKSIYADORLIK JAMIYATI AKSIYADORLARI DIQQATIGA!
“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi 2025-yil 18-iyul kuni soat 15:00 da Toshkent shahri Navoiy koʻchasi, 38-uy (“Oʻzkimyosanoat” AJ maʼmuriy binosi)da oʻtkaziladi.
Umumiy yigʻilish qatnashchilarini roʻyxatga olish 2025-yil 18-iyul kuni soat 14:30 da boshlanib, soat 15:00 gacha davom etadi.
KUN TARTIBI:
1. “Oʻzkimyosanoat” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi sanoq komissiyasi aʼzolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
2. “Oʻzkimyosanoat” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi reglamentini tasdiqlash.
3. “Oʻzkimyosanoat” AJning 2024-yil yakuni boʻyicha olingan sof foydasini taqsimlash, dividend miqdori, uni toʻlash shakli va tartibini belgilash.
4. “Oʻzkimyosanoat” AJning yangi tahrirdagi “Boshqaruvi aʼzolariga ish haqi va ragʻbatlantirish toʻlovlari toʻgʻrisida”gi nizomini tasdiqlash.
Umumiy yigʻilish oʻtkazilishi haqida xabar qilish uchun aksiyadorlar reestri 2025-yil 25-iyun holatiga hamda umumiy yigʻilishda qatnashish huquqiga ega aksiyadorlar reestri 2025-yil 14-iyul holatiga shakllantiriladi.
Umumiy yigʻilishda ishtirok etish uchun aksiyadorlar oʻzi bilan pasport, aksiyadorlar vakillari esa – Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan qatnashishlari soʻraladi.
Umumiy yigʻilishni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrilayotganda aksiyadorlarga taqdim etilishi lozim boʻlgan axborot (materiallar) bilan tanishish uchun quyidagi manzil va telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin: Toshkent shahri Navoiy koʻchasi, 38-uy, telefon: +(99878) 140-74-97, 140-74-98. E-mail: info@uks.uz
“Oʻzkimyosanoat” AJ kuzatuv kengashi