"Аммофос-Махам" АЖ https://ammofos-maxam.uz "Навоийзот" АЖ https://www.navoiyazot.uz "Қизилқум фосфорит комплекси" МЧС https://fosforit.
Farrux Hamzayevich Samadov “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar F.Samadov "Qizilqum fosforit kompleksi" mas'uliyati cheklangan jamiyati direktori lavozimida faoliyat yuritgan.
Bugun ijtimoiy tarmoqlarning birida “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi “Navoiyazot” AJ faoliyati bilan bog'liq noto'g'ri tasdiqlanmagan xabar e'lon qilindi. Shu munosabat bilan “O'zkimyosanoat” AJ quyidagilarni ma'lum qiladi.
Bugun “Oʻzkimyosanoat” AJda tarmoq korxonalarining 30 yoshgacha va 30 yoshdan yuqori boʻlgan xodimlari oʻrtasida oʻtkazilgan “Yosh kitobxon” hamda “Kitobxon xodim” koʻrik-tanlovlari sovrindorlarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Muloqot davomida yigit-qizlarning takliflari o‘rganildi. Mutaxassislar malakasini oshirish, ularning ilmiy izlanishlari uchun imkoniyat yaratish borasidagi fikrlari tinglandi. Tarmoq korxonalari bilan hamkorlikda tashkil etiladigan tadbirlar natijadorligi xususida so‘z bordi.
"Аммофос-Махам" АЖ https://ammofos-maxam.uz/oz/menu/sotsialnye-obekty "Навоийзот" АЖ https://www.navoiyazot.uz/oz/menu/neprofilnye-aktivy "Деҳқонобод калий заводи" АЖ https://uz-potash.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati barcha yuridik va jismoniy shaxslar, chet el investorlarini Navoiy shahri, Navoiy ko'chasi 5-uyda joylashgan, kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatining hozirda bo'shayotgan 23,5 gektar maydoniga to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar jalb qilish uchun hamkorlikka taklif etadi.
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti mutasaddilari, professor-oʻqituvchilar “Navoiyazot”AJda boʻlishdi. Muloqotda oliy oʻquv yurti haqida ma’lumot berilib, mutaxassislarni tayyorlash uchun yaratilgan imkoniyatlar, olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari xususida soʻz yuritildi.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi tomonidan 2023-yilda hududdagi korxona va tashkilotlarda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha “Navoiyazot” AJ eng namunali tashkilot, deb topildi.
Yurtimizda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, yigit-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtidor va qobiliyatini yuzaga chiqarishdagi faolligi uchun “Navoiyazot”AJ namunali tashkilot, deya e’tirof etilib, viloyat hokimligining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.