Bugun ijtimoiy tarmoqlarning birida “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi “Navoiyazot” AJ faoliyati bilan bog'liq noto'g'ri tasdiqlanmagan xabar e'lon qilindi. Shu munosabat bilan “O'zkimyosanoat” AJ quyidagilarni ma'lum qiladi.
Xabarda “Navoiyazot” AJ Boshqaruv raisi vazifasini bajarish Temirov Odil Shukurovichga yuklatilganligi munosabati bilan O.Temirov “O'zkimyosanoat” AJ Boshqaruv raisining birinchi o'rinbosari lavozimidan ozod etilganligi ta'kidlangan. Bu ma'lumot tasdiqlanmagan xabar hisoblanadi.
Avval xabar berganimizdek, “Navoiyazot” AJ Boshqaruv raisi Sharipov Bahodir Mavlonovich boshqa ishga o'tganligi sababli, “Navoiyazot” AJ Boshqaruv raisi vazifasini bajarish “O'zkimyosanoat” AJ Boshqaruv raisining birinchi o'rinbosari Temirov Odil Shukurovichga yuklatildi. O.Temirov bir vaqtning o'zida Boshqaruv raisining birinchi o'rinbosari lavozimida ham faoliyatini davom ettirib kelmoqda. Xabar matni bilan ushbu xavola orqali tanishingiz mumkin http://uzkimyosanoat.uz/uz/press/news/navoiyazot-yangi-tayinlov
“O'zkimyosanoat” AJ faoliyati yuzasidan barcha rasmiy va ishonchli ma'lumotlarni tashkilotning www.uzkimyosanoat.uz rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi https://t.me/uzkimyosanoat va https://www.facebook.com/uzkimyosanoat/ rasmiy sahifalari orqali olishingiz mumkin.
“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati