“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ “Tashkura” karyerida avariyali vaziyatlarni chegaralash va bartaraf etish bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Ayni paytda sanoatning barcha sohalarida, xususan, kimyo sanoatida yuqori malakali yosh mutaxassislarga talab ortib bormoqda. Shu nuqtai nazardan, ularni tayyorlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
2024-yilning 19-sentabr kuni Turkiyaning Istanbul shahriga tashrif doirasida “O’zkimyosanoat” AJ hamda Amerikaning “Trammo” kompaniyasi o’rtasida yuqori qo’shimcha qiymatga ega mahsulotlar, xususan, “yashil” vodorod ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasining birinchi bosqichida ishlab chiqariladigan “yashil” ammiak va karbamid mahsulotlarini xarid qilish yuzasidan off-take shartnomasi imzolandi.
Joriy yilning 29-avgust kuni Oʻzbek tilini targʻib qiluvchi ijodiy izlanishlarni ragʻbatlantirish va ommalashtirishga qaratilgan “Qadring baland boʻlsin, ona tilim” Respublika tanlovi doirasida, “Oʻzkimyosanoat” AJda davlat tilida ish yuritish va oʻzbek tilini keng targʻib qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Tashkiliy qoʻmita tomonidan oʻrganish olib borildi.
3-kungi mashgʻulotlar ham yoshlar uchun zarur bilimlar va maʼlumotlarga boy boʻldi.
Unda el suygan ijodkorlar, Oʻzbek milliy akademik teatri namoyondalari va "Maxam-Chirchiq" AJ Madaniyat saroyi sana'tkorlari ham ishtirok etishmoqda.
“Navoiyazot” AJda kaliy xlorati (Bertolet tuzi) ishlab chiqarish uchun sanoat-tajriba uskuna yaratildi. Bu modda gugurt ishlab chiqarishda, lak-bo'yoq, farmatsevtika, yog'och va kimyo sanoatida ishlatiladi. Mahsulotning tajriba partiyasi ishlab chiqarilib, «ATLAST INVEST» hamda «Nurafshon yulduz yog'dusi» MChJlarga sinovdan muvaffaqiyatli o'tkazildi. Shu kunlarda korxona oyiga 40 tonna mahsulot ishlab chiqarish bo'yicha buyurtma oldi.
“O`zkimyosanoat” AJ da “Kimyogarlar kuni” bayrami munosabati bilan xodimlar o`rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish maqsadida sport musobaqalari o`tkazilmoqda. G’olib va sovrindorlar &ldqu...
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi va uni amalga oshirish boʻyicha PQ-330-sonli qaror aholi turmush farovonligini oshirish, eng muhimi, “Inson qadri uchun” tamoyilini hayotga tatbiq etishda muhim qadam boʻldi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 10 iyul kuni mamlakatimizda mutlaqo yangi soha bo'lgan atom energetikasini barpo etish bo'yicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish masalalariga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazildi. Dunyoda gaz, neft, ko'mir va boshqa manbalarga bo'lgan talab kun sayin ortmoqda. Bu, o'z navbatida, ushbu resurslar zaxirasining keskin kamayib ketishiga olib kelayotir. Shuning uchun butun bashariyat – ehtiyoj uchun ishlatiladigan resurslarning muqobilidan foydalanishga harakat qilmoqda. Shulardan biri tinchlik maqsadlari yo'lida atom elektr energetikasini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Hozirda jahonning 30 dan ziyod mamlakatida atom elektr stantsiyalaridan samarali foydalanilmoqda. Bu mamlakat iqtisodiyotiga katta foyda keltirish bilan birga, tabiiy resurslar tejalishiga xizmat qilmoqda.