Yong'in sodir bo'lganda to'g'ri harakat qilish bo'yicha o'quv mashg'uloti o'tkazildi

// 10.07.2024 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (688.81 KB)

“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ “Tashkura” karyerida avariyali vaziyatlarni chegaralash va bartaraf etish bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. O‘quv mashg‘ulotida uchastka, dispetcherlik xizmati, maxsus ixtisoslashtirilgan xizmatlar, yong‘in qutqaruv qismi, tibbiyot bo‘limi xodimlarining yuzaga kelgan avariyali vaziyatni bartaraf etishga tayyorligini tekshirish, jalb etilgan xodimlarning ixtisoslashtirilgan xizmatlar bilan o‘zaro hamkorlikdagi harakatlarini o‘zlashtirish, avariyani bartaraf etish uchun tegishli vositalar bilan to‘g‘ri ishlash ko‘nikmalarini oshirish amaliyoti ko‘rsatib berildi.

Mashg‘ulot yakunida kuzatuvchi mutaxassislar tomonidan xulosalar berilib, yuzaga kelgan kamchiliklar va natijalar to‘g‘risida tavsiyalar berishdi.

“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ Matbuot xizmati


So'nggi yangilash sanasi: 10.07.2024