“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati O'zbekiston Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tomonidan 1-oktabr – “O'qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan “Doim e'zozdasiz, aziz ustozlar” mavzusida tadbir tashkil etildi.
Joriy yilning 18-fevral kuni “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparkida “Kmita Polymers” korxonasi ishlab chiqarish majmuasining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
“O‘zkimyosanoat” AJ ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishni integratsiya qilish orqali sifat va samaradorlikni oshirish borasida qator oliy ta’lim dargohlari va ilmiy tadqiqot muassasalari bilan faol hamkorlik olib bormoqda.
Jahon kimyo sanoati xabarlari: AQShning Keys Vestern Rezerv universiteti tadqiqotchilari taqiladigan elektronikada foydalanish, sensorlar va egiluvchan datchiklarda qoʻllash uchun mos boʻlgan elektr xususiyatlarga ega yangi turdagi ftorsiz segnetoelektrik polimer yaratdilar.
2022-yilning 17-fevral kuni “O`zkimyosanoat” AJ da yirik qo`shma loyihalar bo`yicha “EDF Group” Vitse-prezidenti, Yevropa va Markaziy Osiyo direksiyasi uchun mas’ul Mark Jirard boshchiligidagi Fransiyaning “EDF Group” delegatsiyasi, Germaniyaning “Siemens Energy” va Niderlandiyaning “Stone City Energy Insolar Bv” kompaniyalari vakillari bilan muzokaralar bo`lib o`tdi.
Mahsulot eksporti kengaymoqda “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tarkibida 14 ishlab chiqarish korxonasi va 6 xizmat ko'rsatish tashkiloti faoliyat ko'rsatadi. Ularda 30 mingdan ortiq mutaxassis va xodim ishlaydi. Bugungi kunda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turi 180 dan ziyod ekanligi matbuot anjumanida qayd etildi.
Assalomu alaykum, hurmatli yigʻilish qatnashchilari! Maʼlumki, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2003-yil 21-noyabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq, 2004-yildan boshlab “9- dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” sifatida nishonlanmoqda.
Wyndham mehmonxonasida O'zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (O'zEOAVMA) tomonidan tashkil etilgan “Davlat tashqi qarzi: qarz mablag'larini sarflash yo'nalishi va loyihalarning samaradorligi” mavzusida brifing bo'lib o'tdi.
Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari U.Sharifxadjaev, “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisi J.Mirzamahmudov, O'zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vaziri o'rinbosari Ya.Abdulxakov, “Kitob markazi - Kitob dunyosi” tarmoq savdo markazlari muassisi, jurnalist Sh.Axundjanov, Xalqaro fan olimpiadasi g'oliblari va ommaviy axborot vositasi vakillari ishtirok etdi.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan tizimidagi korxona va tashkilotlar hamda ularga tutash hududlarda “Atrof-muhit himoyasiga barchamiz mas'ulmiz!” shiori ostida ko'kalamzorlashtirish loyihasini tashkil etish belgilandi hamda loyihasi yuqori saviyada o'tkazish maqsadida joriy yilning mart oyi “O'zkimyosanoat” AJ tizimida “Ko'kalamzorlashtirish oyligi” deb e'lon qilindi.