Oʻz navbatida ushbu ISO 37001:2016 xalqaro muvofiqlik sertifikati “Oʻzkimyosanoat” AJ va uning xodimlarini korrupsiyaga qarshi talablar va axloqiy meʼyorlarni hisobga olgan holda oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarini vijdonan bajarishi, qonun hujjatlariga qatʼiy rioya qilishi, teng raqobat tamoyillariga amal qilishi va halollik, ochiqlik va vijdonlilikning korporativ madaniyatini shakllantirish boʻyicha masʼuliyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Hisobot davrida joriy yilning avgust oyida Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi U.D.ning arizasiga asosan “Oʻzkimyosanoat” AJ Komplayens xizmati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi DXX, Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Toshkent shahar boshqarmasi bilan hamkorlikda “Oʻzkimyosanoat” AJ tizimida ishlab chiqarilayotgan mineral oʻgʻitlar eksporti bilan bogʻliq korrupsion holatlarni bartaraf etish, mazkur sohada noqonuniy faoliyat olib borayotgan uyushgan jinoiy guruhning firibgarlik, taʼmagirlik hamda tovlamachilik jinoyatlariga chek qoʻyish maqsadida tezkor faol tadbir oʻtkazildi.