Jamiyat aksiyadorlarining 2024-yil 5-sentabrdagi navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida jamiyat aksiyadori – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga tegishli umumiy nominal qiymati 25 439 825 260 so‘m bo‘lgan 22 218 188 dona egasining nomi yozilgan hujjatsiz oddiy aksiyalarni qisqartirish (bekor qilish) yo‘li bilan jamiyatning ustav fondini 3 352 228 756 080 so‘mdan 3 326 788 930 820 so‘mga kamaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasining Barqaror iqtisodiy oʻsish orqali aholi farovonligini taʼminlash yoʻnalishi boʻyicha 2025-yilga qator amaliy tadbirlar moʻljallangan.
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin qizlar qo‘mitasi tomonidan 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishonini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 18-fevral kuni “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparkida “Kmita Polymers” korxonasi ishlab chiqarish majmuasining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
“O‘zkimyosanoat” AJ da shaffof boshqaruvni yo‘lga qo‘yish, shu bilan birga uning investisiyaviy jozibadorligini oshirish, xalqaro hamkorlar ishonchini mustahkamlash va global bozorda raqobatbardoshligini ta’minlashga qaratilgan ishlar faol olib borilmoqda.
“O‘zkimyosanoat” AJ va uning tarkibiga kiruvchi korxonalarning korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens tizimlari xodimlaridan iborat 21 nafar mutaxassis Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan maxsus o‘quv kursi orqali o‘z malakalarini oshirdilar.
Jahon kimyo sanoati xabarlari: Germaniyaning Sulzer kompaniyasi polistirol materiallarini kimyoviy qayta ishlash uchun moʻljallangan EcoStyrene texnologiyasini ishga tushirganini eʼlon qildi. Kompaniya maʼlumotiga koʻra, ushbu texnologiya turli xil ifloslantiruvchi moddalarni oʻz ichiga olgan polistirol chiqindilarini qayta ishlash imkonini beradi.
Jahon kimyo sanoati xabarlari: AQSHning Shimoli-gʻarbiy universiteti (NWU) kimyogarlari bardoshli, lekin yengil va egiluvchan, oʻzaro toʻqilgan polimer iplaridan nanomaterial yaratishdi. Tuzilmaviy xususiyatlari tufayli u zanjirli sovutga oʻxshaydi va undan tana zirhlari hamda ballistik matolarni yaratishda foydalanish mumkin.
Jahom kimyo sanoati xabarlari: 2050-yilga borib jahonda vodorod ishlab chiqarish 80% ga oshib, 14,3 million tonnaga yetishi mumkin.
Jahon kimyo sanoati xabarlari: 2024-yilda polipropilen ishlab chiqarish uchun katalizatorlarning jahon bozori hajmi 2,29 milliard dollarni tashkil etdi, 2025-yilda esa 2,48 milliard dollargacha oʻsishi kutilmoqda. Precedence Researchning avgust oyidagi hisobotiga koʻra, 2034-yilga kelib bozor hajmi 5,15 milliard dollargacha yetishi mumkin, bu yillik oʻrtacha 8,45% oʻsish surʼatida roʻy beradi.