"Dehqonobod kaliy zavodi" AJ milliy tanlovda g‘olib bo‘ldi

// 24.07.2023 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (1.53 MB)

Oliy Majlis Senati Kengashining 2022-yil 27-apreldagi KQ-340-IV-sonli Qaroriga asosan  Oliy Majlis Senati, Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha komissiyasi hamda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan "Gender tenglik faoli-2022" milliy tanlovining "Gender tenglikni ta’minlashda eng faol tuman davlat organi (tashkiloti)"  nominatsiyasi bo‘yicha "Dehqonobod kaliy zavodi" AJ  g‘olib bo‘ldi.

Bugun shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda Qashqadaryo viloyati hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i K.Karomova tomonidan g‘oliblik diplomi va esdalik sovg‘alari topshirildi hamda gender tenglikni ta’minlash borasida "Dehqonobod kaliy zavodi" AJda amalga oshirilayotgan ishlar e’tirof etildi.

“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ Matbuot xizmati


So'nggi yangilash sanasi: 24.07.2023