Joriy yilning 6 may kuni “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 14507 tonna 37301,5 mln. so'mlik mineral o'g'itlar sotildi. Bir kun oldin bu ko'rsatkich past bo'lgan ya'ni 5 may kuni 36962,2 mln. so'mlik 13420 tonna mineral o'g'itlar sotilgan.
Joriy yilning 5 may kuni “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 13420 tonna 36962,2 mln. so'mlik mineral o'g'itlar sotildi. Bir kun oldin bu ko'rsatkich past bo'lgan ya'ni 4 may kuni 36629,4 mln. so'mlik 14047 tonna mineral o'g'itlar sotilgan.
O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun mediatur tashkil etildi. Ushbu tadbir doirasida jurnalistlar O'zbekiston Respublikasi hukumati va Jahon banki guruhining «Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish» qo'shma loyihasi doirasida energiya samaradorligi yuqori texnologiyalarni joriy etish va energiya tejash jarayonlarini takomillashtirish bo'yicha amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi.
Prezidentimiz Islom Karimovning 2007 yil 12 noyabrda qabul qilingan “Ichki tarmoq va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmoniga muvofiq o'tkazib kelinayotgan sanoatchilarning mazkur an'anaviy forumi mamlakatimizning mahalliy xomashyolardan foydalangan holda ishlab chiqarishning yangi tur va yo'nalishlarini rivojlantirish borasidagi yutuqlarini yana bir bor namoyish etdi. Kooperatsiya birjasi ishtirokchilari korxonalar sanoat tarmoqlari ehtiyojlarini baholab, rivojlanish istiqbollarini belgilash, kelgusi yil uchun mahsulotlar ishlab chiqarishni rejalashtirish va buyurtmalar portfelini shakllantirish imkoniga ega bo'ldi.
«Yangi Oʻzbekiston» universitetida Xalqaro sanoat maslahatlashuv kengashining ilk yalpi yigʻilishi oʻtkazildi. Unda Germaniya kompaniyalari bilan hamkorlik yoʻnalishlari muhokama qilindi.
Bugun poytaxtimizda “Oʻzkimyosanoat” AJ va Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan birga amalga oshirilayotgan “Oʻzbekistonda Kimyoviy texnologiyalar markazi salohiyatini oshirish” loyihasi doirasida master-planning jamoatchilik eshituvi boʻlib oʻtdi.
Joriy yilning 19-20-iyun kunlari Fargʻona viloyati Fargʻona shahridagi “Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi”da Hududiy tarmoqalararo sanoat yarmarkasi boʻlib oʻtdi.
22-oktabr — “Avtomobilsiz kun” jamoatchilik loyihasi doirasida “Oʻzkimyosanoat” AJ ham ushbu ekologik tashabbusda faol ishtirok etdi.
Poytaxtimizda “Mahalliy kontentni oshirishda importni optimallashtirish” mavzusidagi "Uzbek Import Fair 2025" I-xalqaro koʻrgazmasi oʻz ishini boshladi.
Mazkur forumda “Maxam-Chirchiq” AJ, “Navoiyazot” AJ, “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ, “Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJ QK, “Qizilqum fosforit kompleksi” MCHJ, “Ammofos-Maxam” AJ, "Farg'onaazot" AJ, "Birinchi rezinotexnika zavodi" MChJ XKlarda faoliyat yuritayotgan yosh kimyogar mutaxassislar, shuningdek, D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo texnologiyalari universitetining Toshkent shahridagi filiali, Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda Yangi Oʻzbekiston universiteti talabalari - jami 200 nafar yoshlar ishtirok etishmoqda.