Yashil makon ekologik aksiyasi doirasida "Maxam-Chirchiq" AJning "Ammoniy sulfat va sulfat kislota" ishlab chiqarishida tashkil etilgan "Yoshlar bog'i"ni obodonlashtirish hamda begona va yovvoyi o'tlardan tozalash maqsadida "Ammoniy sulfat va sulfat kislota" ishlab chiqarishi hamda "Yoshlar ittifoqi" bilan hamkorlikda 29-30 aprel hamda 1,2,3 may kunlari mobaynida "Hashar–biz yoshlarga yarashar" shiori ostida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Kun davomida shaxmat va shashka sport turlari boʻyicha “Rahbar kubogi” turniri ham oʻtkazildi.
Manba: O'zbekiston24
Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yillik bayrami munosabati bilan hamda yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish va ularni ommaviy sport turlariga qiziqishini kuchaytirish maqsadida “Boshqaruv raisi kubogi” musobaqalari bo'lib o'tdi.
Bugungi kunda yoshlarga qaratilgan eʼtibor, ularning fikrini eshitish, salohiyatini toʻliq namoyon etishi uchun sharoit yaratish mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida muhim omillardan biriga aylangan. Shu nuqtayi nazardan kelib chiqib, “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan tizimdagi yosh mutaxassislar bilan ochiq va toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni yoʻlga qoʻyish maqsadida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etib kelinmoqda.
Joriy yilning 18-aprel kuni "Maxam-Chirchiq" AJda "Ayol va bahor" ko'rik-tanlovi o'tkazildi va unda korxonaning 14 nafar xodimlari ishtirok etishdi. Ko'rik-tanlovda ishtirokchilar 4 ta shart asosida o'zaro bellashishdi
Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan “Oʻzkimyosanoat” AJ hamda Kimyo va farmasevtika sanoat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tizimidagi korxona, tashkilot va muassasalarda mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar oʻrtasida mini-futbol musobaqasi oʻtkazildi.
“Kimyo sanoati yosh mutaxassislari” forumi doirasida shaxmat musobaqasi tashkil etildi. Unda 32 nafar ishtirokchi munosib bellashdi.