Toshkent shahrida joylashgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashgan maktabning 20 nafar o‘quvchilari jamiyat o‘quv markazi va korxona faoliyati bilan tanishdilar.
Prezidentimiz tomonidan maktab taʼlimini rivojlantirish biz uchun buyuk umummilliy maqsadga, umumxalq harakatiga aylanishi zarur degan muhim gʼoya ilgari surilgan. “Oʼzkimyosanoat” АJda ham ushbu gʼoyani hayotga tatbiq etish yuzasidan xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugun poytaxtimizdagi Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazida “Eng namunali vazirlik-idora” hamda “Eng namunali tuman-shahar” tanlovlari gʻoliblarini tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Bugun “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-iyunda qabul qilingan “Energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-222-sonli qarorining mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan jamiyat xodimlari uchun seminar tashkil etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-martdagi F-18-sonli farmoyishida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan “Oʻzkimyosanoat” AJ rahbariyati va masʼullaridan iborat ishchi guruhi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
“O‘zkimyosanoat” AJning “Ekologiya va “yashil” iqtisodiyot boʻlimi mas'ullari joriy yilning 12-15-may kunlari “Navoiyazot” AJda boʻlishdi.
Zahiriddin Muhammad Bobur - nafaqat oʻzbek mumtoz adabiyotida, balki jahon adabiyotida ham oʻz oʻrniga ega boʻlgan buyuk shoirlarimizdan biri. Qisqa umri davomida u nasr va nazmda ham birdek asarlar bitib, barakali ijod qilgan. Uning tarixchi olim, zukko adib va dilbar shoir sifatida qoldirgan adabiy merosi bebahodir. Uning birgina "Boburnoma" yirik asari dunyoning koʻplab tillariga tarjima qilingan va bu ishlar hamon davom etmoqda.
11-fevral – “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” munosabati bilan “Maxam-Chirchiq” AJ faol xotin-qizlari ishtirokida seminar o'tkazildi.
"Dehqonobod kaliy zavodi” AJ faoliyatining ochiqligi, uning jamoatchilik oldida hisobdorligini ta'minlash hamda ommaviy axborot vositalari vakillarini qiziqtirgan savollarga javob olishlari maqsadida "9-dekabr Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni" ga bag'ishlangan "Aksilkorrupsiya" oyligi doirasida jamiyatda "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri o'tkazildi.
Unda Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining 30 ga yaqin OAV vakillari va blogerlar ishtirok etishdi. Avvalo, mehmonlarga zavod hududida texnik xavfsizlik qoidalari tushuntirilib, maxsus videorolik namoyish etildi. Jurnalistlar Dehqonobod kaliy zavodi AJ tarkibiy tuzilmalari faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.