“Dehqonobod kaliy zavodi” AJda Energetika xavfsizligi oyligi doirasida seminar tashkil etildi

// 13.11.2024 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (638.66 KB)

 

Bugun “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-iyunda qabul qilingan “Energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-222-sonli qarorining mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan jamiyat xodimlari uchun seminar tashkil etildi.

Unda elektr energiyasini tejash, undan oqilona foydalanish, qish mavsumiga munosib tayyorgarlik ko‘rish hamda energiya tejamkor uskunalarni o‘rnatish bo‘yicha joriy yil hisobidan jamiyatda amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalarga ham alohida e’tibor qaratildi.

Undan tashqari “Energetika xavfsizligi oyligi” doirasida ishlab chiqarishda yoqilg‘i-energiya resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.  

“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ Matbuot xizmati
 


So'nggi yangilash sanasi: 13.11.2024