Oʻzining yuksak azmu shijoati, bilim va salohiyati, isteʼdod va qobiliyatini namoyon etib, turli sohalarda erishgan yutuqlari bilan Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotiga, uning shon-shuhratini jahon miqyosida yanada yuksaltirishga munosib hissa qoʻshayotgan, el-yurtimizga mehri va sadoqati, namunali xulqi va odobi hamda vatanparvarlik fazilatlari bilan tengdoshlariga har tomonlama oʻrnak boʻlib kelayotgan tashabbuskor va yetakchi yoshlar qatorida “Oʻzkimyosanoat” AJ tizimidagi “Navoiyazot” AJning Polivinilxlorid ishlab chiqarish, kaustik soda va metanol majmuasida faoliyat yurituvchi Sharipova Mahliyo Esan qizi Prezidentimiz tomonidan “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlandi.
Bugun “Oʻzkimyosanoat” AJda Yaponiyaning yirik savdo kompaniyalaridan biri hisoblangan “Marubeni” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda kompaniyaning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi yangi rahbari Kensuke Nishiyama tanishtirildi. Shu bilan birga, hozirgi kunda Yaponiya va Sharqiy Osiyo mamlakatlarida mineral oʻgʻitlar hamda kimyoviy maxsulotlarga boʻlgan talab yuqori ekanligini inobatga olgan holda, Oʻzbekistondan ushbu maxsulotlarni sotib olish imkoniyatlarini oʻrganib chiqish boʻyicha kelishib olindi.
Bugun “Oʻzkimyosanoat” AJda Polshaning import va eksport bilan shugʻullanuvchi “CENZIN” kompaniyasi Prezidenti va bosh ijrochi direktori Robert Vardak boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda “CENZIN” kompaniyasi tomonidan “Oʻzkimyosanoat” AJ tizim korxonalarida ishlab chiqarilayotgan kimyo maxsulotlariga nafaqat Polshada balki Yevropa, Afrika hamda Janubiy Amerika mamlakatlarida ham qiziqish va talab yuqori ekanligi maʼlum qilindi. Qolaversa, kompaniya sanoat uchun zarur boʻlgan texnik uskunalar va butlovchi qismlarni xorijiy davlatlardan yurtimizga keltirib berish boʻyicha ham oʻz takliflarini bidirdi. Uchrashuv davomida “Oʻzkimyosanoat” AJ hamda “CENZIN” kompaniyasi oʻrtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni yoʻlga qoʻyish va hamkorlikda investitsion loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari yuzasidan muzokaralar oʻtkazildi.
Bugun O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati faoliyatining 2021-yilgi yakunlari hamda 2022-yilda amalga oshiriladigan asosiy vazifalar yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.
“O'zkimyosanoat” AJ tomonidan korruptsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish va chek qo'yishga qaratilgan keng ko'lamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Jumladan, Jamiyat va tizim korxonalrida Komplaens xizmati tashkil etildi va “Yo'l xaritasi” asosida bajariladigan ishlar belgilab olindi. Shu bilan birga korruptsiyaga qarshi kurashish bo'yicha ichki me'yoriy hujjatlar, ya'ni “Korruptsiyaga qarshi siyosat”, “Axloq kodeksi”, “Manfaatlar to'qnashuvini boshqarish siyosati”, “Sovg'a berish va qabul qilish siyosati” kabi 14 ta ichki me'yoriy hujjatlar qabul qilindi. Mavjud xavf-xatarlarni inobatga olgan kimyo sanoati korxonalariga IT texnolgiyalarni joriy etish maqsadga muvofiqligi ta'kidlab o'tildi.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan tizimidagi korxona-tashkilotlar faoliyati bilan jurnalist va blogerlarni yaqindan tanishtirish va OAV orqali yoritish tizimini takomillashtirish yuzasidan 2020 yil davomida Press-tur tashkil etish rejasi tasdiqlandi.
“O'zkimyosanoatloyiha” AJ loyihalashtirish instituti ishga taklif qiladi: bosh geolog, marksheyder, geodezist, texnolog, konstruktor, iqtisodchi, buxgalter.
Talablar: oliy ma'lumot; o'z sohasida ish tajribasiga, geologiya va konchilik, kimyo va loyihalashtirish sohalarida ish malakasiga ega bo'lish; o'zbek va rus tillarini bilish, ingliz tilini bilgan nomzod ustunlikka ega bo'ladi; Microsoft Office, Autodesk AutoCAD, Autodesk REVIT kompyuter dasturlarini bilish.
Bugun 2019 yil 23-25 oktabr kunlari O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va “O'zekspomarkaz” MKK AJ tomonidan respublika vazirliklari, idoralari va tashkilotlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Made in Uzbekistan” Xalqaro milliy mahsulotlar ko'rgazmasi “O'zekspomarkaz” MKK AJning pavilonlari va ochiq maydonlarida o'z faoliyati boshladi.
2016 yilning 9 oyida «O'zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kiruvchi korxonalarda 1,9 miliard so'mlik mahsulot ishlab chiqarildi, mahsulot ishlab chiqarish 106,5 foizga o'sdi. Joriy yilning 9 oyida «O'zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kiruvchi korxonalarda 994,05 ming tonna mineral o'g'itlar ishlab chiqarildi.