Bugun mamlakatimiz kimyo sanoatining eng yirik quvvatlaridan biri boʻlgan “Navoiyazot” Aksiyadorlik jamiyati tashkil topganligining 60 yilligi keng nishonlanmoqda.
“Kimyo sanoati yosh mutaxassislari” forumi doirasida shaxmat musobaqasi tashkil etildi. Unda 32 nafar ishtirokchi munosib bellashdi.
“Oʻzkimyosanoat AJ” boshqaruv raisining oʻrinbosari Akobir Toʻxtayev “Kimyo sanoati yosh mutaxassislari” milliy forumi ishtirokchilar bilan uchrashdi. Unda shuningdek, tarmoq korxonalari va bir qancha oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ham ishtirok etishmoqda.
Yurtimiz kelajagi, ishonch va umidining ramzi boʻlgan aziz Oʻzbekiston yoshlari!
“Деловая Россия” jurnalining №1-2|2022 sonida “Oʻzkimyosanoat”: sanoat kimyosi innovatorlari” sarlavhasi ostida maqola chop etildi. Unda “Oʻzkimyosanoat” AJ hamda jamiyat tomonidan ishlab chiqarishni yanada diversifikatsiya qilish, sanoatga innovatsion texnologiyalarni keng joriy qilish, yuqori qoʻshimcha qiymatga ega kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarishni taʼminlash hamda kadrlar tayyorlash borasida olib borilayotgan ishlar haqida soʻz yuritilgan.
Joriy yilning 28-iyul kuni “Oʻzkimyosanoat” AJda AQSHning “Honeywell UOP” kompaniyasi vakillari bilan samarali ishlab chiqarishni tashkil etishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish va Oʻzbekiston Respublikasi hududida kimyo sanoati sohasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish yuzasidan ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazildi.
Mustaqilligimiz abadiy boʻlsin, aziz yurtdoshlar!
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Boshqaruv raisining tizimdagi korxona va tashkilotlarning yoshlar yetakchilari bilan uchrashuvi tashkil etildi. Videokonferentsaloqa orqali o'tkazilgan uchrashuvda “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxona va tashkilotlar yoshlar yetakchilari, korxona rahbar-xodimlari va faol yoshlar ishtirok etdi.
“Maksam-Chirchiq” AJda suyuq azot-kaltsiy-magniyli o'g'itni ishlab chiqarish texnologiyasi yaratildi va mahsulotning tajriba partiyasi ishlab chiqarildi. Xom-ashyo sifatida dolomit, azot kislotasi va karbamid xizmat qiladi. Ushbu o'g'it g'alla, oziqa o'simliklar, sabzavot va mevalar yetishtirish uchun ishlatiladi. Hozirgi vaqtda respublika Fanlar Akademiyasining umumiy va noorganik kimyo Institutida mazkur o'g'it agrokimyoviy sinovlardan o'tkazilmoqda.
“Navoiyazot” AJda kaliy xlorati (Bertolet tuzi) ishlab chiqarish uchun sanoat-tajriba uskuna yaratildi. Bu modda gugurt ishlab chiqarishda, lak-bo'yoq, farmatsevtika, yog'och va kimyo sanoatida ishlatiladi. Mahsulotning tajriba partiyasi ishlab chiqarilib, «ATLAST INVEST» hamda «Nurafshon yulduz yog'dusi» MChJlarga sinovdan muvaffaqiyatli o'tkazildi. Shu kunlarda korxona oyiga 40 tonna mahsulot ishlab chiqarish bo'yicha buyurtma oldi.