“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi 2026-yil 22-aprel kuni oʻtkaziladi

“OʻZKIMYOSANOAT” AKSIYADORLIK JAMIYATI
AKSIYADORLARI DIQQATIGA!

“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi 2026-yil 22-aprel kuni soat 15:00 da Toshkent shahri Navoiy koʻchasi, 38-uy (“Oʻzkimyosanoat” AJ maʼmuriy binosi)da oʻtkaziladi.
Umumiy yigʻilish qatnashchilarini roʻyxatga olish 2026-yil 22-aprel kuni soat 14:00 da boshlanib, soat 15:00 gacha davom etadi.

KUN TARTIBI:
1. “Oʻzkimyosanoat” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi sanoq komissiyasi aʼzolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
2. “Oʻzkimyosanoat” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi reglamentini tasdiqlash.
3. “Oʻzkimyosanoat” AJning yangi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.
4. “Oʻzkimyosanoat” AJ ustaviga oʻzgartirish kiritish orqali uni yangi tahrirda tasdiqlash.
5. “Oʻzkimyosanoat” AJning yangi tahrirdagi “Kuzatuv kengashi toʻgʻrisida”gi nizomini tasdiqlash.
6. “Oʻzkimyosanoat” AJning yangi tahrirdagi “Ijroiya organi (boshqaruvi) toʻgʻrisida”gi nizomini tasdiqlash.
7. “Oʻzkimyosanoat” AJning 2026-yilga moʻljallangan “Aksiyador kutilmasi”ni tasdiqlash.
8. “Oʻzkimyosanoat” AJning 2025-yil moliya-xoʻjalik faoliyati yakunlarini auditorlik faoliyatining milliy standartiga muvofiq majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtkazish uchun auditorlik tashkilotini belgilash, ushbu tashkilotning xizmatlariga toʻlanadigan eng koʻp haq miqdori va u bilan shartnoma tuzish.
9. Boshqaruv raisining moliya, transformatsiya, axborot texnologiyalari va sunʼiy intellektni joriy etish hamda xususiylashtirish masalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarini tayinlash.
10. 2025-yil yakunlari boʻyicha jamiyatda oʻtkazilgan korporativ boshqaruv tizimini mustaqil baholash natijalarini hamda “Oʻzkimyosanoat” AJning 2025-yil yakunlari boʻyicha Korporativ boshqaruvni baholash vositasi (baholash kartasi) asosida tayyorlangan hisobotini koʻrib chiqish.

Umumiy yigʻilish oʻtkazilishi haqida xabar qilish uchun aksiyadorlar reestri 2026-yil 26-mart holatiga hamda umumiy yigʻilishda qatnashish huquqiga ega aksiyadorlar reestri 2026-yil 16-aprel holatiga shakllantiriladi.
Umumiy yigʻilishda ishtirok etish uchun aksiyadorlar oʻzi bilan pasport, aksiyadorlar vakillari esa – Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan qatnashishlari soʻraladi.
Umumiy yigʻilishni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrilayotganda aksiyadorlarga taqdim etilishi lozim boʻlgan axborot (materiallar) bilan tanishish uchun quyidagi manzil va telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin: Toshkent shahri Navoiy koʻchasi, 38-uy. Telefon: +(99878) 140-74-97, 140-74-98. E-mail: info@uks.uz


“Oʻzkimyosanoat” AJ kuzatuv kengashi
30.03.2026-yil


So'nggi yangilash sanasi: 30.03.2026