Kimyo tarmog'ining korxonalariga transport-ekspeditorlik xizmatlarni ko'rsatish vazifasini “O'zkimyosanoat” AJ tarkibiy bo'linmalari - “Kimyotrans” MChJ va “Kimetrans-logistik” MChJ bajaradilar.
“Kimyotrans-logistik” MChJ O'zbekiston Resrpublikasi kimyo tarmog'ining korxonalarini temir yo'l transporti bilan ta'minlash va davlatlararo transport-ekspeditorlik xizmatlarni tashkil etish vazifalarini muvaffaqiyatli bajarib kelmoqda.
Boy ish tajribasi va xorijiy hamkorlar bilan o'rnatilgan ishonchli va davomli aloqalar “Kimyotrans” MChJga eksport-import va tranzit yuklarni temir yo'l orqali yetkazib berishning barcha turlarini tashkil qilish uchun imkoniyat beradi. Bunda O'zbekiston kimyo tarmog'ining korxonalari ishlab chiqaradigan mahsulotlar narxida transport hissasi o'zgaruvchan chigirmalar tizimi hisobiga kamaytiriladi. Bundan tashqari yuklar harakati kuzatiladi va zarurat tug'ilganda ularning belgilangan manzilgacha cheklashsiz harakatlanishi uchun ko'mak ko'rsatiladi.
“Kimyotrans” MChJ turli yuklarni MDH va Baltiq bo'yi mamlakatlarning temir yo'llari, XXR, Afg'oniston va Yevropa davlatlarining chegara kezish joylari orqali ishonchli yetkazishni ta'minlaydi.