“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi 2025-yil 14-fevral kuni oʻtkaziladi

“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari diqqatiga!

“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi 2025-yil 14-fevral kuni soat 16:00 da Toshkent shahri Navoiy koʻchasi, 38-uy (“Oʻzkimyosanoat” AJ maʼmuriy binosi) da oʻtkaziladi.

KUN TARTIBI:

1. “Oʻzkimyosanoat” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi sanoq komissiyasi aʼzolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.

2. “Oʻzkimyosanoat” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi reglamentini tasdiqlash.

3. “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisining moliya-iqtisodiyot va transformatsiya masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarini tayinlash.

 

Umumiy yigʻilish oʻtkazilishi haqida xabar qilish uchun aksiyadorlar reyestri 2025-yil 21-yanvar holatiga hamda umumiy yigʻilishda qatnashish huquqiga ega aksiyadorlar reyestri 2025-yil 10-fevral holatiga shakllantiriladi.

Umumiy yigʻilish qatnashchilarini roʻyxatga olish 2025-yil 14-fevral kuni soat 15:30 da boshlanib, soat 16:00 gacha davom etadi.

Umumiy yigʻilishda ishtirok etish uchun aksiyadorlar oʻzi bilan pasport, aksiyadorlar vakillari esa – Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan qatnashishlari soʻraladi.

Umumiy yigʻilishni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrilayotganda aksiyadorlarga taqdim etilishi lozim boʻlgan axborot (materiallar) bilan tanishish uchun quyidagi manzil va telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin: Toshkent shahri Navoiy koʻchasi, 38-uy, telefon: +(99878) 140-74-97, 140-74-98. E-mail: info@uks.uz

“Oʻzkimyosanoat” AJ kuzatuv kengashi