"O'zkimyosanoat" aksiyadorlik jamiyati — O'zbekiston Respublikasi kimyo korxonalarini birlashtiruvchi yagona komil korporativ tizim. Jamiyat kimyo korxonalarining ishlab chiqarish, innovatsion va marketing dasturlarini tuzadi va amalga oshiradi hamda shular orqali ham kimyo sohasining barqaror rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.
"O'zkimyosanoat" AJ tarkibiga 24 ta tashkilot kiradi.
Jamiyat maqsadlari:
- O'zbekiston kimyo tarmog'i mahsulotlarining raqobatbardoshligini ta'minlash;
- Mamlakatning boy xomashyo zaxiralarini chuqur qayta ishlash;
- O'z tadqiqotlari va ishlanmalari hamda ilg'or xorijiy texnologiyalarni jalb etish negizida chuqur ilmiy va zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish;
- Tarmoqda faol ijtimoiy siyosat yuritish, jamiyat korxonalarining mehnat jamoalariga yuqori ish haqi va munosib ijtimoiy sharoit yaratib berish;
- Ishlab chiqarishda ekologik tozalikni ta'minlash, chiqindisiz texnologiyalarni va atrof-muhitni saqlash dasturlarini joriy etish.
Jamiyat vazifalari:
- kimyo sanoatini zamonaviylashtirish, rekonstruksiya qilish va texnik qayta jihozlashga yo'naltirilgan yagona texnika siyosati o'tkazish, resurslarni tejaydigan samarali texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarish va butlovchi mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rivojlantirish;
- qishloq xo'jaligining mineral o'g'itlarga, o'simliklarni himoya qilish bo'yicha kimyoviy vositalariga, shuningdek, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari kimyoviy mahsulotlarga bo'lgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini marketing tadqiqotlar asosida aniqlash;
- tarmoqni rivojlantirishning kimyo sanoatini barqaror rivojlantirishga, raqobatbardoshli kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishni ko'paytirishga, eksport salohiyatini kengaytirishga qaratilgan o'rtacha muddatli va uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- xorijiy va mahalliy investorlarini jalb etgan holda, kimyo sanoati korxonalarini isloh qilish va modernizatsiya qilish;
- menejmentning zamonaviy usullarini egallagan va bozor sharoitlarida samarali ishlashga qodir bo'lgan muhandis-texnik va boshqaruv kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash.
So'nggi yangilash sanasi:
16.05.2024