“OʻZKIMYOSANOAT” AKSIYADORLIK JAMIYATI AKSIYADORLARI DIQQATIGA!
“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi 2025-yil 6-yanvar kuni soat 16:00 da masofadan turib axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda elektron ovoz berish “eVote” platformasi orqali oʻtkaziladi.
KUN TARTIBI:
1. “Oʻzkimyosanoat” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi sanoq komissiyasi aʼzolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
2. “Oʻzkimyosanoat” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi reglamentini tasdiqlash.
3. “Oʻzkimyosanoat” AJning 2023-yil 31-dekabrda yakunlangan yillik moliyaviy hisobotlarning Moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlariga muvofiq (MHXS) auditi boʻyicha auditorlik xulosasini koʻrib chiqish.
4. “Oʻzkimyosanoat” AJning 2024-yil yakuni boʻyicha konsolidatsiyalashgan va alohida moliyaviy hisobotlari boʻyicha moliyaviy hisobotlarning xalqaro audit standartlariga muvofiq majburiy auditorlik tekshiruvini oʻtkazish uchun auditorlik tashkilotini tanlash, ushbu tashkilotning xizmatlariga toʻlanadigan eng koʻp haq miqdorini belgilash va u bilan shartnoma tuzish.
5. “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ ustav kapitalidagi “Oʻzkimyosanoat” AJga tegishli 100 foiz aksiya paketini oʻtkazish.
6. “Oʻzkimyosanoat” AJ ustav kapitalini kamaytirish.
7. “Oʻzkimyosanoat” AJ ustaviga o‘zgartirish kiritish orqali uni yangi tahrirda tasdiqlash.
8. “Oʻzkimyosanoat” AJ aksiyalar chiqarilishi to‘g‘risidagi qaroriga o‘zgartirish kiritish va aksiyalar chiqarilishi to‘g‘risidagi qaroriga kiritiladigan o‘zgartirishlar matnini tasdiqlash.
9. “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi, boshqaruvi raisining ishlab chiqarish, mahalliylashtirish, sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish va importni maqbullashtirish boʻyicha birinchi oʻrinbosari hamda jamiyat boshqaruvi raisining investitsiya faoliyati boʻyicha oʻrinbosarini tayinlash.
Umumiy yigʻilish oʻtkazilishi haqida xabar qilish uchun aksiyadorlar reyestrini shakllantirish sanasi: 2024-yil 14-dekabr holatiga.
Umumiy yigʻilishda qatnashish huquqiga ega aksiyadorlar roʻyxati 2024-yil 26-dekabr holatiga shakllantirilgan aksiyadorlar reestriga asosan tuziladi.
Umumiy yigʻilish qatnashchilarini roʻyxatga olish internet tizimi orqali elektron ovoz berish xizmatidan (http://evote.uz/) foydalangan holda, 2025-yil 6-yanvar kuni soat 15:30 da boshlanib, soat 16:00 gacha davom etadi.
Umumiy yigʻilishda ishtirok etish va ovoz berish tartibi Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi tomonidan e-Vote elektron ovoz berish xizmatidan foydalanish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Umumiy yigʻilishda shaxsan ishtirok etish uchun aksiyadorlar oʻzi bilan pasport, aksiyadorlar vakillari esa – Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan qatnashishlari soʻraladi.
Umumiy yigʻilishni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrilayotganda aksiyadorlarga taqdim etilishi lozim boʻlgan axborot (materiallar) bilan tanishish uchun quyidagi manzil va telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin: Toshkent shahri Navoiy koʻchasi, 38-uy, telefon: +(99878) 140-74-97, 140-74-98. E-mail: info@uks.uz
“Oʻzkimyosanoat” AJ kuzatuv kengashi