“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi 2024-yil 5-sentabr kuni oʻtkaziladi

“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari diqqatiga!

“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi 2024-yil 5-sentabr kuni soat 12:00 da masofadan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda elektron ovoz berish “eVote” platformasi orqali oʻtkaziladi.

KUN TARTIBI:

1. “Oʻzkimyosanoat” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi sanoq komissiyasi aʼzolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.

2. “Oʻzkimyosanoat” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi reglamentini tasdiqlash.

3. “Oʻzkimyosanoat” AJ ustav kapitalini kamaytirish.

4. “Oʻzkimyosanoat” AJ ustaviga o‘zgartirish kiritish orqali uni yangi tahrirda tasdiqlash.

5. “Oʻzkimyosanoat” AJ aksiyalar chiqarilishi to‘g‘risidagi qaroriga o‘zgartirish kiritish va aksiyalar chiqarilishi to‘g‘risidagi qaroriga kiritiladigan o‘zgartirishlar matnini tasdiqlash.

6. “Oʻzkimyosanoat” AJning boshqaruvi aʼzolariga ish haqi va ragʻbatlantirish toʻlovlari toʻgʻrisidagi nizomini yangi tahrirda tasdiqlash.

Umumiy yigʻilish oʻtkazilishi haqida xabar qilish uchun aksiyadorlar reyestrini shakllantirish sanasi: 2024-yil 14-avgust holatiga.

Umumiy yigʻilishda qatnashish huquqiga ega aksiyadorlar roʻyxati 2024-yil 28-avgust holatiga shakllantirilgan aksiyadorlar reestriga asosan tuziladi.

Umumiy yigʻilish qatnashchilarini roʻyxatga olish internet tizimi orqali elektron ovoz berish xizmatidan (http://evote.uz/) foydalangan holda, 2024-yil
5-sentabr kuni soat 11:00 da boshlanib, soat 12:00 gacha davom etadi.

Umumiy yigʻilishda qatnashish uchun aksiyadorlar oʻzi bilan pasport, aksiyadorlar vakillari esa – Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan qatnashishlari soʻraladi.

Umumiy yigʻilishda ishtirok etish va ovoz berish tartibi Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi tomonidan e-Vote elektron ovoz berish xizmatidan foydalanish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.

Umumiy yigʻilishni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrilayotganda aksiyadorlarga taqdim etilishi lozim boʻlgan axborot (materiallar) bilan tanishish uchun quyidagi manzil va telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin: Toshkent shahri Navoiy koʻchasi, 38-uy, telefon: +(99878) 140-74-97, 140-74-98. E-mail: info@uks.uz

“Oʻzkimyosanoat” AJ kuzatuv kengashi


So'nggi yangilash sanasi: 15.08.2024