“OʻZKIMYOSANOAT” AKSIYADORLIK JAMIYATI AKSIYADORLARI DIQQATIGA!
“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi 2024-yil 22-aprel kuni soat 17:00 da Toshkent shahri Navoiy koʻchasi, 38-uy manzilida joylashgan jamiyatning maʼmuriy binosida oʻtkaziladi.
KUN TARTIBI:
1. “Oʻzkimyosanoat” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi sanoq komissiyasi aʼzolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
2. “Oʻzkimyosanoat” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi reglamentini tasdiqlash.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-oktabrdagi
PF-169-son Farmoniga asosan “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ ustav kapitalidagi “Oʻzkimyosanoat” AJga tegishli 100 foiz aksiya paketini Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtkazish bilan bogʻliq yirik bitimni koʻrib chiqish.
4. “Oʻzkimyosanoat” AJning yangi tahrirdagi ustavini tasdiqlash.
5. “Oʻzkimyosanoat” AJning 2023-yil moliya-xoʻjalik faoliyati yakunlarini auditorlik faoliyatining milliy standartiga muvofiq majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtkazish uchun auditorlik tashkilotini, shuningdek, ushbu tashkilotning xizmatlariga toʻlanadigan eng koʻp haq miqdorini belgilash.
Umumiy yigʻilishda qatnashish huquqiga ega aksiyadorlar roʻyxati 2024-yil 16-aprel holatiga shakllantirilgan aksiyadorlar reestriga asosan tuziladi.
Umumiy yigʻilish qatnashchilarini roʻyxatga olish 2024-yil 22-aprel kuni soat 16:00 da boshlanib, soat 17:00 gacha davom etadi.
Umumiy yigʻilishda qatnashish uchun aksiyadorlar oʻzi bilan pasport, aksiyadorlar vakillari esa – Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan kelishlari soʻraladi.
Umumiy yigʻilishni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrilayotganda aksiyadorlarga taqdim etilishi lozim boʻlgan axborot (materiallar) bilan tanishish uchun quyidagi manzil va telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin: Toshkent shahri Navoiy koʻchasi, 38-uy, telefon: +(99878) 140-74-97, 140-74-98.
“Oʻzkimyosanoat” AJ kuzatuv kyengashi