evropa Ittifoqining “65 loyihasi” bo'yicha “Xavfsizlikni oshirish va qaltisliklarni kamaytirish uchun Markaziy Osiyo mamlakatlarida kimyoviy va biologik chiqindilarni boshqarishni kuchaytirish” mavzusidagi mintaqaviy seminar tashkil etildi.
O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi va 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan “O‘zkimyosanoat” AJda “Ona tilim — faxrim!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan davlat idoralari oʻrtasida 2024-yil uchun ochiqlik indeksi natijalari eʼlon qilindi.
Voleybol boʻyicha erkaklar oʻrtasida oʻtkazilgan musobaqada “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ yigitlari korxona sharafini munosib himoya qilishdi va 1-oʻrinni qoʻlga kiritishdi.
“Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi va 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Vatan bilan ulg‘ayar shon-u shavkatim!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Joriy yilning 31-oktabr kuni “Oʻzkimyosanoat” AJda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʻminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 595-son qarori ijrosini taʻminlash hamda davlat tili toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari ijrosi yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi.
30-may kuni Nuz.uz va Upl.uz veb-saytlarida “Qizilqum fosforit kompleksi” kimga tegishli? sarlavhasi ostidagi maqolalar eʼlon qilindi. Mavzu yuzasidan “Oʻzkimyosanoat” AJ quyidagilarni maʼlum qiladi.
Bugun mamlakatimiz kimyo sanoati tarixida ilk bor “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi korxonalar tomonidan 2021 yil boshidan buyon ishlab chiqarilayotgan azotli mineral o‘g‘itlar miqdori fizik holda 3 mln. tonnadan ortdi. Natijada respublika qishloq xo‘jaligi to‘liq va o‘z vaqtida mineral o‘g‘itlar bilan ta’minlandi hamda mamlakatimiz eksport salohiyati oshishiga munosib xissa qo‘shildi.
Bugun 15 iyul kuni D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti Toshkent shahridagi filialining matematika fani bo'yicha ikkinchi kirish imtihoni bo'lib o'tdi. Imtihon jarayonini onlayn tarzda test2021.muctr-tashkent.uz manzili orqali kuzatish imkoniyati yaratildi.
Sanoatni rivojlantirish, mahsulotlar sifatini oshirish, jahon bozorlariga chiqish — koʻp jihatdan xalqaro standartlar va texnik reglamentlarni jadal joriy etishga bogʻliq. “Oʻzkimyosanoat” AJda ham bu jarayon kun tartibidagi muhim yoʻnalishlardan biri hisobalanadi.