Voleybol musobaqalari natijalari

// 29.05.2024 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (1.52 MB)

Voleybol boʻyicha erkaklar oʻrtasida oʻtkazilgan musobaqada “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ yigitlari korxona sharafini munosib himoya qilishdi va 1-oʻrinni qoʻlga kiritishdi. 

“Qizilqum fosforit kompleksi” MCHJ jamoasiga 2-oʻrin nasib etdi. 

3-oʻrinni “Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJ QK jamoasi egalladi. 

“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ qizlar jamoasi ham voleybol musobaqasida mutlaq gʻalabaga erishdi va 1-oʻrinni egalladi. “Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJ QK ahil jamoasi esa  2-oʻrinni zabt etdi. Faxrli 3-oʻrinni “Navoiyazot” AJ jamoasi egalladi. 

Bugungi sport musobaqalari yoshlarga nafaqat koʻtarinki kayfiyat baxsh etdi, balki  jamoada ahil-inoq ishlash va bir-birini qoʻllab-quvvatlash  kabi koʻnikmalarini shakllantirishga ham  xizmat qildi. Barcha ishtirokchilar va gʻolib yoshlarni bahslarga boy oʻtgan 2-kunning yuqori natijalari  bilan tabriklaymiz.

 “Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati


So'nggi yangilash sanasi: 30.05.2024