Bugun 15 iyul kuni D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti Toshkent shahridagi filialining matematika fani bo'yicha ikkinchi kirish imtihoni bo'lib o'tdi. Imtihon jarayonini onlayn tarzda test2021.muctr-tashkent.uz manzili orqali kuzatish imkoniyati yaratildi.
Filial kadrlarga bo'lgan ehtiyojni hisobga olib, universitet bilan kelishilgan holda bakalavr va magistratura yo'nalishlari bo'yicha barcha darajadagi mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini amalga oshiradi. Filialda o'qishning 40 foizi davlat grati, 60 foizi to'lov kontrak asosida amalga oshiriladi.
Imtihonlar sanitariya-gigiena qoidalariga va ijtimoiy masofaga rioya qilingan holda o'tkazildi. Imtihonga kirishdan oldin har bir abiturientning harorati tekshirildi. Uzrli sabablarga ko'ra kirish imtihonlarida qatnasha olmagan abiturientlar zaxira kuni ya'ni 17 iyulda o'tkazib yuborilgan imtihonni topshirishlari mumkin.
Abiturientlar bir martalik tibbiy niqob, ruchka va suv bilan ta'minlandilar.
“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati