Ona tilim — faxrim!

// 21.10.2025 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (43.4 MB)

O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi va 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan “O‘zkimyosanoat” AJda “Ona tilim — faxrim!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir avvalida “O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Jahongir Mustafayev so‘zga chiqib, o‘zbek tilining davlat tili sifatida jamiyatdagi o‘rni, uning qadri va boyligi haqida so‘z yuritdi hamda barcha xodimlarni bayram bilan samimiy tabrikladi.

Dastur doirasida “Ommaviy diktant” o‘tkazilib, ishtirokchilar ona tilimizning go‘zalligi va imlo me’yorlariga bo‘lgan e’tiborini yana bir bor namoyon etdilar. Shuningdek, tadbir davomida ona tiliga bag‘ishlangan ibratli videorolik ham namoyish etilib, barchada katta taassurot qoldirdi.

Mazkur tadbir o‘zbek tilining nufuzini yuksaltirish, unga bo‘lgan hurmatni yanada mustahkamlash va ma’naviy qadriyatlarimizni asrab-avaylash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etdi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati

 


So'nggi yangilash sanasi: 21.10.2025