Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda “Oʻzkimyosanoat” AJ hamkorligida oʻquv-seminari tashkil etildi. Unda Jamiyat tarmoq korxonalari matbuot kotiblari ishtirok etdi.
“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ “Tashkura” karyerida avariyali vaziyatlarni chegaralash va bartaraf etish bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Axborot texnologiyalarining rivojlanishi, internetning keng miqyosda kirib kelishi, biznes va texnologik jarayonlarni yanada avtomatlashtirish bilan birgalikda axborot xavfsizligi va kiber-gigiyenaga amal qilish talablari tobora oshib bormoqda. Jamiyat va tizim korxonalari xodimlari kiber-savodxonligini oshirish maqsadida “Oʻzkimyosanoat” AJda kiber-gigiyena boʻyicha seminar-trening tashkil qilindi.
Bugun “Oʻzkimyosanoat” Ajda xalqaro Worley kompaniyasi tarkibiga kiruvchi WorleyParsons Uzbekistan kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Kompaniya investitsiya siyosati ikki yo'nalish bo'yicha amalga oshiriladi: xorijiy va mahalliy investorlarning sarmoyalarni jalb etish yo'li bilan zamonaviy kimyo ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish va mavjud quvvatlarni qayta jihozlash va modernizatsiya qilish; O'zbekiston kimyo korxonalarini xususiylashtirish va davlat mulkidan chiqarish ja-rayonlariga xorijiy investorlarni jalb etish.
Niderlandiyaning Koppert Cress ferma xoʻjaligi havo va elektr energiyasidan maxsus jihozlar yordamida olingan ammiakdan mineral oʻgʻit sifatida foydalanishni boshladi.
Yaponiyalik bir guruh olimlar atrof-muhit uchun xavfsiz boʻlgan biopolimer - tabiiy sellyuloza asosida shaffof plyonka ishlab chiqdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-martdagi qarori ijrosini ta`minlash maqsadida, O‘zbekiston standartlar institutining Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘limi tomonidan korxonadagi sinov laboratoriya hamda muvofiqlikni baholash organlari xodimlari uchun tashkil etilgan malaka oshirish kursi nihoyasiga yetdi.
Toshkent shahrida joylashgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashgan maktabning 20 nafar o‘quvchilari jamiyat o‘quv markazi va korxona faoliyati bilan tanishdilar.
“O’zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisining birinchi o’rinbosari, “Navoiyazot” AJ boshqaruvi raisi Odil Temirov 2022-yil 9-noyabr kuni "Azot Sintezgaz O'zbekiston va MDH" kongressida ishtrok etdi va nutq so’zladi. Mazkur tadbir O‘zbekiston va MDH mamlakatlaridagi gaz-kimyo sanoati yetakchilari, eng yirik sintez gazini qayta ishlovchilar, ishlab chiqarish texnologiyalari litsenziyalovchilari, uskunalar ishlab chiquvchilar va yetkazib beruvchilar uchun muhim professional xalqaro platformadir.