“Oʻzkimyosanoat” AJ va WorleyParsons Uzbekistan oʻrtasida ekologik hamkorlik yuzasidan uchrashuv boʻlib oʻtdi

// 24.09.2025 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (14.46 MB)

Bugun “Oʻzkimyosanoat” Ajda xalqaro Worley kompaniyasi tarkibiga kiruvchi WorleyParsons Uzbekistan kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. 

“WorleyParsons Uzbekistan” — global miqyosda muhandislik, texnologik maslahat va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalarida xizmat koʻrsatuvchi Worley kompaniyasining mahalliy boʻlimi hisoblanadi. Ushbu kompaniya Oʻzbekistonda ham bir qator sanoat va infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda faol ishtirok etmoqda.  

Uchrashuv doirasida “Oʻzkimyosanoat” AJning Ekologiya va “yashil” iqtisodiyot boʻlimi mutaxassislari bilan hamkorlikda tarmoqdagi ekologik faoliyat, barqaror rivojlanish tamoyillari va kelgusida amalga oshirilishi moʻljallangan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Tomonlar ekologik standartlarni xalqaro mezonlar darajasiga olib chiqish, kimyo sanoatida uglerod izini kamaytirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish hamda “yashil” loyihalarni joriy etish borasidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati
 


So'nggi yangilash sanasi: 25.09.2025