Axborot texnologiyalarining rivojlanishi, internetning keng miqyosda kirib kelishi, biznes va texnologik jarayonlarni yanada avtomatlashtirish bilan birgalikda axborot xavfsizligi va kiber-gigiyenaga amal qilish talablari tobora oshib bormoqda.
Jamiyat va tizim korxonalari xodimlari kiber-savodxonligini oshirish maqsadida “Oʻzkimyosanoat” AJda kiber-gigiyena boʻyicha seminar-trening tashkil qilindi.
Seminar davomida kiber-gigiyena va axborot xavfsizligi, koʻp faktorli autentifikatsiya, kompyuter funksiyalarini cheklash, fishing, kiber-firibgarlarning maʼlumotlar manbai, messendjer va elektron pochtalarda xabar almashish xavflari, ish faoliyati va shaxsiy hayot muhitini chegaralash, xabar almashish kanallari, messendjer va ijtimoiy tarmoqlarda axborot xavfsizligi; elektron imzo kalitini yoʻqotish, saqlash vositalari bilan xavfsiz ishlash, xavfli dasturiy taʼminotlarning kompyuterlarga tushish yoʻllari, ishni boshlashdan oldin kompyuterni tekshirish, kompyuter ishlamay qolganda blokirovka qilish/tizimdan chiqish, kundalik hayotda kiberxavfsizlik, telefon apparati yoʻqolgandagi choralar, axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar va boshqa masalalar muhokama qilindi.