Yaponiyalik bir guruh olimlar atrof-muhit uchun xavfsiz boʻlgan biopolimer - tabiiy sellyuloza asosida shaffof plyonka ishlab chiqdi.
Olingan material qogʻoz va plastmassa analoglaridan kam emas, qaynoq suv taʼsiriga bardosh bera oladi va dengiz suvida 12 oydan kamroq vaqt ichida butunlay parchalanadi.
tPB (transparent paper-based material) deb nomlangan mahsulot butunlay sellyuloza gidrogelidan iborat boʻlib, quritiladi va litiy bromidning suvli eritmasi bilan ishlov beriladi. Bunday yondashuv bir millimetrdan bir necha millimetrgacha boʻlgan bardoshli, shaffof va nozik mahsulotlarni yaratishga imkon beradi.
Olimlarning taʼkidlashicha, ushbu biopolimer oson eritilishi va qaytadan shakl bergan holda qayta ishlanishi mumkin. Bunda faqatgina shaffoflikning yoʻqolishini istisno qilgan holda uning barcha xususiyatlari saqlanib qoladi. Har qanday holatda ham, taqdim etilgan xususiyat uni koʻp foydalanish uchun istiqbolli qiladi.
“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati