Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda “Oʻzkimyosanoat” AJ hamkorligida oʻquv-seminari tashkil etildi. Unda Jamiyat tarmoq korxonalari matbuot kotiblari ishtirok etdi.
Seminarda AOKA bosh mutaxassisi Muhammad Qarshiboyev va “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisining axborot masalalari boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi Rustambek Eshbekov tomonidan matbuot xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish, OAV vakillari bilan ishlash, inqirozli vaziyatlardagi faoliyat mavzularida taqdimotlar va maʼlumotlar berildi.
Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarni samarali yuritish va vizual kontent yaratish, tarmoq korxonalarining ijobiy imijini shakllantirish, OAV va jamoatchiliklar uchun tadbirlar tashkil etish masalalariga ham alohida e'tibor qaratildi. Matbuot xizmati xodimlari faoliyatining axloqiy jihatlari bo'yicha ham fikrlar bildirildi.
“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati