“Oʻzkimyosanoat” AJ mineral oʻgʻitlarni yetkazib berish borasida fermer va dehqon xoʻjaliklari bilan hamkorlikda faol ish olib bormoqda. Xususan, mineral oʻgʻitlarni birjadan sotib olish tartibini fermerlarga tushuntirish, brokerlarga qanday murojaat qilish, mineral oʻgʻitlarni birja savdolari orqali sotib olish, tiketni korxonaga yetkazish yoki ushbu tiket orqali omborxonadan yuklash xizmatlari tizimi va tartibi tushuntirib borilmoqda.
200 nafardan ziyod ishtirokchi qatnashayotgan va 10 dan ortiq investitsiya loyihalari taqdim etilayotgan mazkur nufuzli tadbir Oʻzbekiston va MDH mamlakatlaridagi yirik sintez-gazini qayta ishlash korxonalari, hokimiyat organlari, ishlab chiqarish texnologiyalari litsenziarlari, uskuna ishlab chiqaruvi va yetkazib beruvchilar, injiniring va loyiha-qurilish kompaniyalarini bir maydonda jamladi.
Bugun mamlakatimiz kimyo sanoatining eng yirik quvvatlaridan biri boʻlgan “Navoiyazot” Aksiyadorlik jamiyati tashkil topganligining 60 yilligi keng nishonlanmoqda.
Jahon kimyo sanoati xabarlari: Syurixdagi Shveysariya oliy tyexnika maktabi olimlari fotosintez qiladigan, oʻsish va tarkibidagi sianobakteriyalar orqali karbonad angidrid soʻrib olish qobiliyatiga ega futuristik qoplamani yaratdishdi.
Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar yangi bosqichga kirdi. Davlat siyosatida shaffoflik, xolislik va masʼuliyatli boshqaruvni taʼminlash maqsadida iqtisodiyotning barcha sohalarida xalqaro standartlarga muvofiq tizimlar joriy etilmoqda.
Toshkent shahrida “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati va Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) hamkorligida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda kimyoviy texnologiyalar markazi salohiyatini oshirish” loyihasi doirasida master-planning jamoatchilik muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
19-aprel kuni “O‘zkimyosanoat” AJ tomonidan tasdiqlangan ““O’zkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarida konferensiyalar o‘tkazish to‘g‘risida” gi 5-son buyrug‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda tarmoq korxonalarining bosh muhandislari ishtirokida navbatdagi konferensiya bo‘lib o‘tdi.
“O‘zkimyosanoat”AJ boshqaruvi raisining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sanobar Abdurahmonova Konimex tumanidagi polipropilen qop ishlab chiqarish sexi xodimlari faoliyati bilan tanishdi.
Seminar doirasida filial talaba qizlarini oilaga tayyorlash, ularni Vatanga muhabbat, ezgulik, rahmdillik, halollik, mehnatsevarlik, tadbirkorlik va fidoyilik singari xalqimizning koʻp asrlik anʼanalarini hurmat qilish ruhida tarbiyalash, qizlar ongida insoniylik fazilatlarni shakllantirish orqali jamiyat oldidagi masʼuliyatini his qiladigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, kattalarga va yosh avlod vakillariga hurmat, Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash ishlariga munosib hissa qoʻshib kelayotgan tashabbuskor, shijoatli qizlarni kashf etish, ularni munosib taqdirlash va ragʻbatlantirish, ijobiy tajribalarni ommalashtirish maqsadida “Vatan mehri yuragimda” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.
Kuni-kecha “Kimyogarlar" madaniyat saroyida “Vakolatli omborlar hududida faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklariga mahsulotlarni yetkazib berish, vakolatli omborlarda mineral o‘g‘itlarni saqlash, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.