Axens kompaniyasi PET chiqindilarini qayta ishlash texnologiyasini taklif qilmoqda

// 25.10.2024 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (139.33 KB)

Axens kompaniyasi PET chiqindilarini  qayta ishlash texnologiyasini taklif qilmoqda

PET – polietilentereftalat – dunyoda eng keng tarqalgan plastmassa turi. Undan oziq-ovqat, farmatsevtika, mashinasozlik, elektrotexnika sanoatida keng foydalaniladi. Ushbu plastmass turidan kosmetika, tozalash vositalari, tibbiy mahsulotlar uchun idish va qadoqlar ishlab chiqariladi. 

Neft va biomassalarni ekologik toza yoqilgʻiga aylantirish bilan shugʻullanuvchi Axens guruhi barcha turdagi polietilentereftalat chiqindilarini oziq-ovqat sanoati uchun qayta ishlab chiqarish texnologiyasini joriy etmoqchi. 

Texnologiya BHET (bis-gidroksiyetiltereftalat) monomerini chuqur tozalashdan soʻng glikoliz orqali PETning doimiy depolimerizatsiyasini oʻz ichiga oladi. Uning asosiy afzalligi shundaki, u mavjud yoki yangi zavodlarda osongina qayta polimerlash mumkin boʻlgan sof BHET monomerini qayta tiklash uchun barcha qoʻshimchalar va rang beruvchi moddalarni ajrata oladi. 

Sof BHET monomeridan ishlab chiqarilgan qayta ishlangan PET allaqachon oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlash va kosmetika sohalaridagi bir qancha yirik kompaniyalarida maʼqullangan boʻlib, uning bozorda keng joriy etish mumkinligini anglatadi.   

 “Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati
 


So'nggi yangilash sanasi: 25.10.2024