Ma’lumki, o‘simlik ekiladigan har bir yerning o‘z ehtiyojlari bo‘ladi. Yerga qanday elementlar yetishmayotganini yilda bir marotaba bo‘lsada, tahlil qilish zarur. Paxta fosfor va kaliy bilan taqqoslaganda ikki barobar azot iste’mol qiladi.
“O‘zkimyosanoat” AJ Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi bosh mutaxassisi Nigora Mamedova “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
2023-yilning 9-avgust kuni “Fargʻonaazot” AJning Surxondaryo viloyati Termiz tumanida joylashgan omborida yongʻin kelib chiqqan va bu haqida FVBga xabar berilgan. Yuzaga kelgan yongʻin 5 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji tomonidan soat 15:20 da oʻchirilgan. Jabrlanganlar yoʻq. Yongʻin paytida omborda mineral oʻgʻitlar mavjud boʻlmagan.
“O‘zkimyosanoat”AJ va tarmoq korxonalarida faoliyat yuritayotgan yoshlar orasida kitobxonlikni targ‘ib etish, ajdodlarimizning boy ma’naviy merosini avloddan-avlodga yetkazish, buyuk alloma, shoir, yozuvchi, mutafakkirlarning ijodini o‘rganish maqsadida “Yosh kitobxon” tanloviga start berilgandi.
Bugun, “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ hamda “Navoiyazot” AJ yoshlari bilan o‘zaro do‘stona uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
“Dehqonobod kaliy zavodi” AJda “28-aprel-Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” doirasida “Mehnat muhofazasi bilimdoni” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini yanada oshirish, uni milliy qadriyat sifatida targʻib qilish hamda davlat tiliga oid muammolarni hal etish maqsadida oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligi hamda Oʻzbek tili bayrami munosabati bilan “Qadring baland boʻlsin, ona tilim” respublika tanlovi gʻoliblari eʼlon qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining yoqilgʻi-energetika va kimyo sohalarini rivojlantirish boʻyicha oʻrinbosari - energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov boshchiligidagi ishchi guruh hududlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini oʻrganish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrif buyurdi.
“Oʻzkimyosanoat” AJ hamda Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi oʻrtasida Yashil vodorod (HPA) sotib olish yuzasidan shartnoma imzolash marosimi boʻlib oʻtdi. Samarqand shahri mezbonlik qilayotgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 32 yillik yigʻilishi doirasida “Oʻzkimyosanoat” AJ hamda Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi oʻrtasida, umumiy qiymati 88 mln AQSH dollariga teng boʻlgan yiliga 3 000 tonna yashil vodorodni ishlab chiqarish loyihasi boʻyicha “Yashil vodorod sotib olish (HPA)” yuzasidan shartnoma imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan “Yangi O'zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.