«Navoiyazot» AJ boshqaruv a'zolarini vakant lavozimlarga nomzodlarni tanlab olish bo'yicha tanlov muddati uzaytirilganligi to'g'risida ma'lum qiladi

// 29.07.2016 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (35.11 KB)

2016 yil 29 iyuldagi Tanlov komissiyasining yig'ilish qarori asosida «Navoiyazot» AJ boshqaruv a'zolarini vakant lavozimlarga Marketing, sotish va sotib olish bo'yicha direktori nomzodlariga tanlov 2016 yil 27 avgustgacha muddati uzaytirildi va 2016 yil 28-30 avgust kunlari tanlov natijalari yakunlanadi.

Tanlovga O'zbekiston Respublikasi va mazkur tanlovda qatnashish istagini bildirgan xorijiy davlatlar fuqarolari taklif etiladi.

Hujjatlarni qabul qilish muddati: 2016 yil 29 iyul ertalab soat 08:00 dan 2016 yil 27 avgust kech soat 17:00 gacha (mahalliy vaqt bilan).

Tanlov o'tkazish mo'ljallangan sana 2016 yilning 28-30 avgust kunlari.

Tanlov o'tkaziladigan joy: Tashkent shahri, Navoi ko'chasi, 38 uy, «O'zkimyosanoat» AJ.

Arizalar va ularga ilova qilingan hujjatlarni qabul qilish 2016 yil 27 avgustgacha dushanba - payshanba kunlari (mahalliy vaqt bilan) soat 10:00 dan 17:00 gacha, juma kuni 10:00 dan 16:00 gacha, Navoiy-5, Industrial zona, yangi zavod boshqarmasi 105 kabinetda qabul qilinadi.

Aloqa uchun telefonlar: (0436) 229-27-24.

Aloqada bo'luvchi shaxs: koorporativ munosabatlar va informatsion resurslar boshqarmasi boshlig'i Karagodina Lyudmila Afanasevna.

Elektron pochta: management@navoiyazot.uz

Internet-sayt: navoiyazot.uz

Ishtirok etish uchun hujjatlarni qabul qilishning oxirgi muddati: 2016 yil 27 avgust (mahalliy vaqt bilan ) soat 17.00.