2015 yilning I choragi yakunlari bo'yicha “O'zkimyosanoat” DAK korxonalari faoliyati to'g'risida

// 17.04.2015 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (33.17 KB)

2015 yilning yanvar-mart oylarida “O'zkimyosanoat” korxonalarida 518.9 mlrd. so'mlik tovar mahsulot (o'sish sur'ati 107,8%) hamda 42,8 mlrd.so'mlik xalq iste'mol mollari (o'sish sur'ati 108,4%) ishlab chiqarildi.

Sof holda 320,9 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 260,9 ming tonna azotli o'g'itlar, 31,3 ming tonna fosforli o'g'itlar va 28,7 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.

Mahalliylashtirish dasturiga muvofiq 2015 yil yanvar-mart oylarida 48.9 mlrd.so'mlik mahsulot ishlab chiqarildi (prognoz 30 mlrd.so'm).

2015 yil Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarni bajarish doirasida “O'zkimyosanoat” DAK korxonalari tomonidan 4,55 mln.dollar hajmida investitsiyalar o'zlashtirildi va prognoz 104,1%-ga bajarildi.

Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsion birjada tuzilgan shartnomalarga binoan 46 mlrd. so'mlik mahsulot kompaniya korxonalari tomonidan sotib olindi (prognozga nisbatan 100,3%).

91 yangi ish o'rni, shu jumladan kasanachilik asosida 16 ish o'rni yaratildi.

Xududiy «Qishloqxo'jalikkimyo» aksiyadorlik jamiyatlaridagi mavjud texnikalar yordamida qishloq xo'jaligi korxonalariga 2015 yil yanvar-mart oylari davomida 7012,5 mln.so'mlik agrokimyoviy xizmatlar ko'rsatildi. Jumladan, 4126,9 mln.so'mlik 263,7 ming tonna kompost tayyorlandi va sotildi, 192,5 ming tonna organik va 139,4 mineral o'g'itlar fermer xo'jaliklari ekin maydonlariga yetkazib berildi. 967,2 ming gektar galla maydonlarida mineral o'g'itlar sepilib, suspenziya tadbirlari o'tkazildi.

“O'zkimyosanoat” DAK matbuot xizmati


So'nggi yangilash sanasi: 08.10.2024