“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari diqqatiga! “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi 2025-yil 14-fevral kuni soat 16:00 da Toshkent shahri Navoiy koʻchasi, 38-uy (“Oʻzkimyosanoat” AJ maʼmuriy binosi) da oʻtkaziladi.
22-sentyabr — dunyo miqyosida "Avtomobillarsiz kun" sifatida nishonlanadi. Ushbu kunning asosiy maqsadi — shaharlardagi havo ifloslanishini kamaytirish, transport vositalaridan kelib chiqadigan zararli chiqindilarga qarshi kurashish hamda sogʻlom turmush tarzini targʻib etishdan iborat.
“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati va “O'zkimyoimpeks” masʼuliyati cheklangan jamiyatining 22 nafar xodimi ISO 31000:2018 – “Xavflarni boshqarish” xalqaro standartini tizimga joriy etish boʻyicha xalqaro “Cert International” Akademiyasi mutaxassislari tomonidan onlayn formatda oʻqitildi.
Jahon kimyo sanoati xabarlari: NASAning Curiosity marsaxodi Mars yuzasida hozirgacha aniqlangan eng uzun zanjirli organik molekulalar mavjudligini aniqladi. NASA tomonidan yaqinda eʼlon qilingan hisobotda bir paytlar koʻl boʻlgan Geyl krateridagi Kumberlend deb nomlangan choʻqqidan olingan tosh namunasi tahlili haqida soʻz boradi.
O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi va 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan “O‘zkimyosanoat” AJda “Ona tilim — faxrim!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Bugungi globallashuv davrida terrorizm va diniy ekstremizm insoniyat xavfsizligiga jiddiy tahdid solayotgan dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. “O‘zkimyosanoat” AJda Ichki ishlar boshqarmasi mas’ul xodimlari ishtirokida “Terrorizm va diniy ekstremizm — davr muammosi” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Bugun “Oʻzkimyosanoat” AJda “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-931-son Qonunining mohiyati va ahamiyati haqida jamiyat xodimlariga tushuntirish berish maqsadida “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi qonun ijrosini samarali tashkil etish boʻyicha asosiy vazifalar va xorij tajribasi” mavzusida seminar tashkil etildi.
Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlashga oid davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta’minlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ijtimoiy-siyosiy hayotdagi roli va faolligini oshirish borasida korxonada olib borilayotgan ishlarni jadallashtirish masalalariga bagʻishlangan “Ayol baxti- xalqimiz va jamiyatimiz baxtidir” gʻoyasi ostida seminar-trening oʻtkazildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat mustaqilligining oʻttiz ikki yillik bayram tadbiridagi nutqida “Biz bir boʻlsak- yagona xalqmiz, birlashsak-vatanmiz!” gʻoyasini ilgari surgan edi. Shu munosabat bilan joylarda milliy urf-odatlarimiz, anʼanalarimiz, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng islohotlar va vatanparvarlikni keng targʻib qilish maqsadida “Biz bir boʻlsak-yagona xalqmiz, birlashsak-vatanmiz!” shiori ostida “Maʼnaviyat marafon”larini oʻtkazib borish koʻzda tutilgan.
Yaxshilik chegara bilmaydi. Bemorning salomatligi va hayotini saqlab qolishga hissa qo‘shish esa savobli ish. Ana shunday xayrli tashabbusda “Navoiyazot”AJ xodimlari ham faol ishtirok etishadi. Qon va uning tarkibiy qismlariga hamisha ehtiyoj mavjud. Kutilmagan favqulodda holatlar, baxtsiz hodisalar natijasida jabr ko‘rgan yoki og‘ir xastalikdan aziyat chekayotgan fuqarolarni sog‘lom hayotga qaytarishda qon donorlarining saxovati suv va havodek zarur.