Bugungi globallashuv davrida terrorizm va diniy ekstremizm insoniyat xavfsizligiga jiddiy tahdid solayotgan dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. “O‘zkimyosanoat” AJda Ichki ishlar boshqarmasi mas’ul xodimlari ishtirokida “Terrorizm va diniy ekstremizm — davr muammosi” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Tadbirda ichki ishlar organlarining tajribali mutaxassislari tomonidan hozirgi davrda ekstremistik oqimlarning faoliyati, ularning jamiyatga salbiy ta’siri, yoshlarni turli buzg‘unchi g‘oyalardan asrash yo‘llari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga diniy ekstremizm va terrorizmning ildizlari, ularning ijtimoiy-siyosiy omillari, axborot makonida targ‘ibot va mafkuraviy tahdidlar orqali qanday shakllanishi to‘g‘risida tahliliy ma’ruzalar taqdim etildi. Mutaxassislar fuqarolarning hushyorligi, ma’naviy immunitetini mustahkamlash hamda diniy savodxonlikni oshirishning ahamiyatini alohida ta’kidladilar.
“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati