Ayol baxti- xalqimiz va jamiyatimiz baxtidir

// 04.07.2024 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (1.03 MB)

Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlashga oid davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta’minlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ijtimoiy-siyosiy hayotdagi roli va faolligini oshirish borasida korxonada olib borilayotgan ishlarni jadallashtirish masalalariga bagʻishlangan “Ayol baxti- xalqimiz va jamiyatimiz baxtidir” gʻoyasi ostida seminar-trening oʻtkazildi.

Tadbirni “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi maslahatchisi Sanobar Abduraxmonova ochib berdi. Shuningdek, unda Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi mas’ul xodimi Gulnora Yoʻlchiyeva, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi vakili Lobar Shodiyeva, Toshkent viloyati psixologik xizmati shoʻbasi mudiri Shoira Xakimova, xalqaro festivallar sovrindori Kimyoxon Kosimxonovalar ishtirok etishdi.

Seminarda 100dan ortiq xotin-qizlar tanlovlarda faol ishtirok etdi. Trening davomida turli psixologik oʻyinlar oʻtkazilib, ayollarning ayni paytdagi ruhiy holati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Savol-javoblarga boy o‘tgan tadbirda faol ishtirok etgan xotin-qizlar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

 “Ammofos-Maxam” AJ Axborot xizmati


So'nggi yangilash sanasi: 04.07.2024