“Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi qonun ijrosini samarali tashkil etish boʻyicha asosiy vazifalar va xorij tajribasi” mavzusida seminar tashkil etildi

// 05.07.2024 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (12.16 MB)

Bugun “Oʻzkimyosanoat” AJda “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-931-son Qonunining mohiyati va ahamiyati haqida jamiyat xodimlariga tushuntirish berish maqsadida “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi qonun ijrosini samarali tashkil etish boʻyicha asosiy vazifalar va xorij tajribasi” mavzusida seminar tashkil etildi. 

Seminarda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi masʼul xodimi Nodira Samandarova, “Oʻzkimyosanoat” AJ hamda tarmoq korxonalari masʼullari ishtirok etishdi. 

Unda manfaatlar toʻqnashuviga oid kiritilayotgan yangi normalar, qonunning maqsadi va uni amalga oshirish bo'yicha choralar, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, tashkilotlardagi maxsus bo'linmalar hamda Odob-axloq komissiyasini manfaatlar to'qnashuvi bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vakolatlari toʻgʻrisida batafsil tushunchalar berildi.

Shuningdek, manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solishning asosiy prinsiplari, xodimlarning bu bilan bogʻliq huquq va majburiyatlari, holat toʻgʻrisida axborotni oshkor etishga hamda holatni aniqlashga doir choralar, qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati
 


So'nggi yangilash sanasi: 05.07.2024