Bugun 27 avgust kuni D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti Toshkent shahridagi filialiga kirish imtihonlarining ikkinchi kuni muvaffaqiyatli o'tkazildi. Imtihon kimyo fani bo'yicha bo'lib o'tdi.
Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) “Oʻzkimyosanoat” AJ bilan hamkorlikdagi qoʻshma loyiha doirasida Koreyaning nufuzli oliygohida kimyo sohasida magistratura (MA) va doktorlik (PhD) yoʻnalishlarida grant asosida barcha harajatlar qoplangan holda taʼlim olish uchun tanlovlar eʼlon qiladi!
O'zbekiston Respublikasi Prezidentininng PQ-4805-son (https://lex.uz/docs/4945470)qaroriga muvofiq "O'zkimyosanoat" AJ tarmoq korxonalariga kimyo va biologiya faniga ixtisoslashtirish maqsadida maktablar biriktirilgan.
Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) “Oʻzkimyosanoat” AJ bilan hamkorlikdagi qoʻshma loyiha doirasida Koreyaning nufuzli oliygohida kimyo sohasida magistratura (12 ta oʻrin) va doktorlik (PhD, 10 ta oʻrin) yoʻnalishlarida grant asosida barcha xarajatlar qoplangan holda taʼlim olish uchun tanlovlar eʼlon qiladi! Oʻqishni muvaffaqqiyatli tamomlaganlar yangi tashkil etiladigan Ilmiy-tadqiqot va loyihalash instituti – Kimyo texnologiyalari markazida oʻz faoliyatlarini davom ettirish imkoniyatiga ega boʻlishadi! Hujjatlar 2022-yilning 31-iyuligacha qabul qilinadi.
Bugun 14 iyul kuni D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti Toshkent shahridagi filialining birinchi kirish imtihoni kimyo fani bo'yicha bo'lib o'tdi. Imtihon jarayonini onlayn tarzda test2021.muctr-tashkent.uz manzili orqali kuzatish imkoniyati yaratildi. Imtihonlar 14-16 kunlari uchta fan: kimyo, matematika va rus tili fanlari bo'yicha o'tkaziladi.
Bugun “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida “White & Case LLP” kompaniyasining katta boshqaruvchisi, Amerika-O'zbekiston savdo sanoat palatasi raisi Kerolin Lemm bilan muzokaralar o'tkazildi.
2015 yil 29 aprelda “O'zkimyosanoat” DAKda Xitoyning “CITIC Construction Co.Ltd” delegatsiyasi bilan o'tkazilgan uchrashuvda Qo'ng'irot soda zavodining ikkinchi navbatida olib borilayotgan qurilish ishlari hamda kimyo sohasida hamkorlikni kengaytirish borasidagi istiqbollari, xususan Samarqand shahrida yangi murakkab o'g'itlar (NPK) turlarini ishlab chiqarish masalalari muhokama qilindi.
Joriy yilning 6 may kuni “O‘zkimyosanoat” AJ Komplayens xizmati boshlig‘i Sh. Sag‘dullayevning 2022 yil I-chorak davomida ushbu sohada amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti eshitildi. Unda quyidagi maʼlumotlar taqdim etildi:
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida Xitoyning “CITIC Construction Co., Ltd.” kompaniyasi bilan videokonferentsaloqa orqali kimyo sanoatida loyihalarni amalga oshirishda xorijiy kompaniya bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish imkoniyatlarini muhokama qilishga qaratilgan muzokaralar o'tkazildi.
2018 yil 15 fevralda “Maksam-Chirchik” aksiyadorlik jamiyatida kimyo sanoatining innovatsion rivojlanishining dolzarb masalalari bo'yicha tarmoq seminar o'tkazildi. Ushbu tadbir kimyo sanoatini rivojlantirish yuzasidan uzoq muddatli kontseptsiyasini tayyorlash doirasida “O'zkimyosanoat” AJ texnik siyosati Bosh boshqarmasining innovatsiya texnologiyalarni joriy etish bo'limi tomonidan tashkil qilindi hamda seminar ishtirokchilari kimyo sanoatining istiqboli bo'yicha o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.