«Poly Group» korporatsiyasining delegatsiyasi tashrifi

// 29.08.2015 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (32.23 KB)

2015 yilning 25-28 avgust kunlarida Xitoyning «Poly Group» korporatsiyasi prezidenti janob Chjan Chjengao boshchiligida  delegatsiyasi O'zbekiston Respublikasiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida “O'zkimesanoat” AJ, “O'zavtosanoat” AK va boshqa idoralarda uchrashuvlar tashkil etilib, "Angren" EIZ hududida konveyer lentalari, qishloq xo'jaligi texnikasi va avtomobil shinalari ishlab chiqarishni tashkil etish"loyihaning amalga oshirilishi bo'yicha muzokaralar olib borildi.

Xitoy tomoni avtomobil shinalar ishlab chiqarishni kengaytirish, hom-ashyo va materiallar mahalliylashtirish hamda yuk avtomobil va avtobuslari uchun shinalar ishlab chiqarishni tashkil etishda o'z qiziqishini bildirdi. Shuningdek Xitoy tomoni tog'-kon, neft va gaz sanoati kabi boshqa yo'nalishlarda o'zaro manfaatli investitsiya hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha fikr bildirdi.

2015 yilning 28 avgust kuni ushbu loyiha bo'yicha qurilish ishlarini boshlanishiga bag'ishlangan tantanali marosimda  “Poly Group” korporatsiyasining raxbariyati, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, idoralar, banklar hamda xo'jalik birlashmalar, Xitoyning O'zbekistondagi elchixonasi vakillari ishtirok etishdi. Tadbirda  O'zbekiston Respublikasi va XXR o'rtasida hamkorlikni rivojlantirish doirasida ushbu loyiha strategik axamiyatga egaligi ta'kidlandi. Shuningdek, barcha ishlar imzolangan kontraktda belgilangan muddatlarga muvofiq bajarilishi alohida qayd etildi.

Shu bilan birga ushbu tashrif doirasida mustaqil halqaro konsultant «Asiatech Consulting Ltd.» (Avstraliya) va Xitoyning “ChemChina” instituti bilan birgalikda yangi zavodning bosh rejasi tasdiqlandi.

Shuni ham ta'kidlash joizki, “Angren” maxsus iqtisodiy zonasida konveyer lentalarini hamda avtomobil va qishloq xo'jaligi texnikasi uchun shinalari ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 4 dekabrdagi “Angren” erkin industrial zonasi hududida rezinotexnika buyumlari zavodi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-2269-sonli   qaroriga  binoan amalga  oshirilmoqda. Loyihaning yillik quvvati - 3 mln dona avtomobil shinalari, 200 ming dona qishloq xo'jaligi texnikalari uchun shinalar va 100 ming pogon metr konveyer lentalari ishlab chiqarishdan iborat. Ushbu loyihani amalga oshirish maqsadida “Rezinotexnika  buyumlari zavodi qurilishi bo'yicha direktsiyasi” MChJ Xitoyning “Poly Technologies Inc.” kompaniyasi bilan  “to'liq foydalanishga topshirish” sharti  bilan kontraktni 2014 yilning  avgust oyida imzolagan.